Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
Andijonda yirik jinoiy guruh fosh etildi (video)
Oct 7, 2019
671

Andijon shahrida mashina oynalarining tusini o‘zgartirish ruxsatnomasi, haydovchilik guvohnomasi va ishonchnoma kabi hujjatlarning qalbakisini tayyorlab beruvchi yirik jinoiy guruh fosh etildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari ushbu soxta hujjatlar bilan mashina haydab yurganlarni to‘xtatishgan va bu jinoyatni fosh qilishgan.

Gumondorlarning uylaridan kompyuter, rangli printer, fuqarolar pasportlari va boshqa ashyoviy dalillar topilgan.

Hozir ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Batafsil videoreportajda ko‘rishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50