Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Namanganda yangi tuman tashkil etilmoqda
Sep 8, 2020
73

Parlament quyi palatasining 2020-yil 8-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlar “Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish toʻgʻrisida”gi masalani koʻrib chiqdilar.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-27-iyun kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq kiritilgan ushbu masala mazkur hududda boshqaruv samaradorligi yaxshilanishini nazarda tutadi.

Qayd etilganidek, Davlatobod tumani tarkibiga Namangan shahrining “Yuksalish”, “Navroʻz”, “Nurobod”, “Gulshan”, “Orzu”, “Porloq”, “Navbahor”, “Mustaqillik”, “Toʻquvchi”, “Umid”, “Yangi tong”, “Xalqlar doʻstligi”, “Davlatobod”, Quyi Gʻirvon», “Yuqori Gʻirvon”, “Oʻrta Gʻirvon”, “Bogʻ”, “Elobod”, “Gulobod”, “Irvadon”, “Shishaki”, “Quyi Rovuston”, “Oʻrta Rovuston”, “Yuqori Rovuston” va “Yelxon” mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlari oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning taʼkidlashicha, bu oʻzgarishlar hududda yangi infratuzilma obyektlari barpo etilishi hamda aholiga xizmat koʻrsatish tizimining yana-da yaxshilanishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50