Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Namanganda xotinini rashk qilib, umriga zomin bo‘lgan erkak 17 yilga qamaldi
Oct 4, 2019
415

Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan Elyor Mo‘minov 2018-yil mart oyida Fotima Eshonova bilan shar’iy nikohdan o‘tib, turmush quradi. Uning o‘zi bekorchi bo‘lsa ham, turmush o‘rtog‘ining ishlashiga qarshilik qilib kelgan. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi sudyasi Dilfuza Ahmadaliyevaga asosan Daryo xabar berdi.

Fotima Eshonova Chust tumanidagi qahvaxonalardan birida ofitsiant bo‘lib ishlagan. 2019-yil mart oyida, soat 22:00 atrofida E.Mo‘minov turmush o‘rtog‘i ishlayotgan qahvaxonaga boradi. U yerda xotini erkak mijozlarga xizmat qilayotganini ko‘rib, jahli chiqadi va uni yoniga chaqirib, bu yerda ishlamasligini talab qiladi. Qahvaxona boshlig‘idan esa turmush o‘rtog‘ining oylik ish haqini berishini so‘raydi. Bu vaqtda E.Mo‘minov shirakayf holatda edi. Shundan so‘ng er-xotin taksi chaqirib, uylariga ketadi. Ketishda ham u spirtli ichimlik olib, yo‘lda ichib ketadi.

Uydagi o‘zaro tortishuv janjalga aylanadi. Turmush o‘rtog‘ining gaplaridan g‘azablangan E.Mo‘minov yotoqxona derazasi tokchasida turgan pichoqni olib, turmush o‘rtog‘iga ikki marta uradi. Bundan qo‘rqib ketgan Fotima Eshonova yordam so‘rab baqirgancha hovliga qochib chiqadi. Uning ortidan eri quvib keladi va yiqilib tushganidan foydalanib, sochidan ushlab, bo‘yniga pichoq tortadi. So‘ng pichoqni ariqqa otib yuborib, o‘zi uydan qochib ketadi. Fotima Eshonova voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Qotil esa shu kunning o‘zida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi ochiq sud majlisida sudlanuvchi E.Mo‘minov o‘z aybiga iqrorlik bildirdi.

Sud jarayonida E.Mo‘minov o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Chunki u avval ham 4 marta sudlanib, qamalib chiqqan, jazoni 2018-yil sentabr oyida to‘liq o‘tab bo‘lgan edi.

JIB Namangan viloyati sudi E.Mo‘minov Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50