Obuna bo`ling!
USD10139.30
EUR11051.84
RUB141.35
Nimalar bo‘lyapti: Farg‘onada yana bir zo‘ravon hokim chiqdi
Oct 12, 2019
1170

Dang‘ara tumani hokimi Saidmurod Аminjonov har dushanba yig‘ilish o‘tkazib, gapni taʼlim xodimlarini kamsitish va haqorat qilishdan boshlaydi.

Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligiga qarashli «Maʼrifat» gazetasining onlayn nashri vazirlikka asoslanib xabar bergan.

Maʼlum bo‘lishicha, vazirlik vakillari tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri Аlimardon Sodiqov bilan suhbat qilgan. Suhbatda yig‘ilishlarda hokim muntazam ravishda uni kamsitib, haqoratlagani, «mudirlik senga qolgani yo‘q» deb so‘kib haydagani aytilgan.

Shu sababli u 24 sentyabrь kuni viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i M.Turdimatov huzuriga borib, egallab turgan lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra ozod etishni so‘ragan. O‘sha kundan boshlab А.Sodiqov ishga chiqmagan.

O‘rganish jarayonida tumandagi 7 ta maktab direktori bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida tuman hokimi S.Aminjonov maktab direktorlarini har dushanba kuni hokimlik soatiga jalb qilib, yig‘ilishni tuman xalq taʼlimini muhokama qilishdan boshlab, shu asnoda tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri A.Sodiqovni ko‘pchilikni oldida izza qilishini, arzimagan kamchiliklar uchun haqoratlab, kamsitishini, baʼzida yesa maktab rahbarlarini ham kamsitib, ularni ham haqoratlashini o‘zlarining tushuntirish xatlarida maʼlum qilishdi.

O‘sha kunlari Farg‘ona viloyati hokimi yig‘ilishiga ketayotganda maktab direktor o‘rinbosarlari avariyaga uchrab, halok bo‘lishgandi. Ichki ishlar vazirligi keyinchalik ularning yig‘ilishga emas, o‘z yumushi bilan yo‘lga chiqqanini iddao qilgandi.

Xodimlari YTHga uchraganini eshitib, XTB mudiri zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. U maktab direktorlari dafn marosimlarida qatnashgan va xodimlarning Farg‘ona shahriga borishlari yuzasidan topshiriq bergan tuman hokimligi mutasaddilari voqea joyiga kelishmaganini maʼlum qilgan.

Madaniyatli jamiyatda hokim ham, rais ham, hamma-hamma muallimni hurmat qiladi. Har qanday davrada o‘qituvchini ko‘rsa bir hushyor tortadi, u yoq-bu yog‘ini to‘g‘rilab oladi. Birovga tanbeh bersa, o‘qituvchi tanbeh beradi, birovga nasihat qilsa, pedagog nasihat qiladi. Birovni urishsa, muallim urishadi. Prezidentimizki bugun o‘qituvchi hurmatini joyiga qo‘yayotgan yekan, siz ham hurmatingizni biling! Haddingizni biling! O‘zingizni, tilingizni yig‘ishtirib oling!

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50