Obuna bo`ling!
USD10496.99
EUR12551.25
RUB138.59
NАVOIYGА EHTIROM
Feb 3, 2021
138

Farg‘ona shahridagi 5-umumtaʼlim maktabida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyati bo‘limi boshqaruvi hamda Farg‘ona shahar Xalq taʼlimi bo‘limi hamkorligida Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “El desa Navoiyni” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘z mulkining sultoni – hazrat Аlisher Navoiyning boy adabiy, maʼnaviy merosi, insonparvarlik, mehr-muruvvat g‘oyalari, yurtimizda buyuk bobokalonimiz hayoti va ijodini o‘rganish, shoir xotirasini abadiylashtirish, uning jahon adabiyoti xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasi, cheksiz isteʼdodi haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.

Maktab o‘quvchilari Аlisher Navoiy ijodiga mansub shoh asarlarga oid ko‘rgazmalar, kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Shoir qalamiga mansub sheʼr, g‘azal, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir so‘ngida adabiy kechaning faol ishtirokchilariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

viloyat bo‘limi matbuot xizmati.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50