Obuna bo`ling!
USD10496.99
EUR12551.25
RUB138.59
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sud tizimiga oid o’zgartirishlar kiritildi
Feb 26, 2021
79

O’zbekistonda mustaqillik yillarida mutlaqo yangi konstitutsiyaviy printsiplarga asoslangan moddiy va protsessual milliy qonunchilik tizimi shakllantirildi. Qayd etishjoizki, qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlari, shu jumladan ma’muriy-siyosiysohadagi normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro andozalarga mos keladi.

Ayni paytda davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, xalqimizning hayot darajasini yanada yuksaltirish hamda boshqa ko’plabvazifalarga ijobiy yechim topishda davlat boshqaruvi huquqiy asoslarining yanada takomillashtirilishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ayniqsa, 2017 yil 7 fevralda e’lonqilingan 2017 ‒ 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning  beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida sud-huquq tizimini islohqilish yo’nalishining alohida belgilanishi mazkur sohada tub o’zgarishlarni boshlab berdi.

Ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 2021 yil 8 fevral kungi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar kiritish to’g’risidagi O’RQ-671-son qonuni qabul qilinib, ushbu qonun 2021 yil 9 fevral kunidan kuchga kirdi.

Ungu muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi 107-moddasi 1-qismi quyidagi taxrirda bayon etildi.O’zbekiston Respublikasida sud tizimi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasiga mazkur o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenining 2020 yil 24 iyul kungi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6034-sonli Farmoni asosida kiritildi.

Zero, ushbu o’zgartirishlar fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko’rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish maqsadini ko’zlaydi.

Iqrorjon Matmusaev,

Nodirjon Xadjimatov,

Farg’ona viloyat ma’muriy sudi sudyalari

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50