Obuna bo`ling!
USD10209.86
EUR12021.09
RUB137.46
Prezidentlarning tovlamachi qizlari va erkatoy kuyovlar...
Feb 4, 2020
322

Qalampir.uz turli mamlakatlardagi sobiq Prezidentlarning omma mavzusiga aylangan merosxo‘rlari ro‘yxatini jamladi.

Keltiriladigan nomlar otalari, qaynotalari ortidan davlatning pulini o‘margan, noqonuniy hujjatlarni rasmiylashtirgan, xalq mablag‘ini talon-toroj qilgan.

Gulnora Karimova... 

U madaniyat va san’at homiysi, ilm-fan rahnamosi, sportchilarga dastak, qo‘shiqchi, modeler... Bir odamga shuncha kasb qiyinlik qilmaydimi dersiz. Yo‘q, Karimova o‘z maqsadlari yo‘lida bularni niqob qildi, xolos. U Jeneva va Ispaniyadagi BMT shtab-kvartirasida mamlakat manfaatlarini ifoda etgan, madaniy jamg‘arma bilan shug‘ullangan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari unga qilayotgan ishlari haqida hech qanday savol bilan murojaat qilmagan. Bu orada Gulnoraning qulochi yoyildi. Jinoyatlari xayr-ehsonlari, sahovatli ishlar, yoshlarning xayqiriqlari, madaniy tadbirlar, tadbirkorlarning puliga uyushtirilgan to‘ylar ortiga yashirildi. Uning nazorati ostida bo‘lgan kompaniyalar reydlar bilan shug‘ullangan. Gugushaga neftni qayta ishlash zavodlar, to‘qimachilik korxonalari, “Osiyo” mehmonxonalari oylik “ulush" to‘lagan. 2012 yilda u SHveysariya, Fransiya va Ispaniyadagi bir nechta jinoiy ishlarda sudlanuvchi bo‘lgan. Gulnora O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasida ishlashni istagan chet el kompaniyalaridan pul undirishda ayblangan. Litsenziyalar millionlab dollarga sotilgani taxmin qilinmoqda. O‘zbekiston rasmiylarining ta’kidlashicha, Karimova faoliyati davomida davlatga 2 milliard dollar zarar yetkazgan.

2017 yil dekabr oyida unga 10 yilga ikkinchi marotaba hukm o‘qilgan. Ammo 2018 yil 1 iyuldan boshlab jazo Toshkent shahrida yashash joyida xizmat qilish bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan. Shu bilan birga, u etkazilgan zararni qoplashga, uydan chiqmaslikka, telefon va Internetdan foydalanmaslikka va’da bergan. Ammo prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Gulnora ushbu majburiyatlarni buzgan. 2019 yil 5 martda Yashnobod tuman sudi uning qolgan muddatini koloniyada o‘tashi haqida qaror qabul qilgan. Ikkinchi holda u 3 yil o‘tirishi kerak edi.

 

Angolaning ham “Gulnora Karimova”si bor

Ma’lumotlarga ko‘ra, 46 yoshli Izabel Dush Santush otasi imzolagan qarorlar yordamida Angola boyliklarini o‘margan. U Angolaning olmos va neft sanoati, eng yirik mobil kompaniyasi, ikkita banki, eng katta sement ishlab chiqaruvchisidan katta foyda ko‘rgan va Afrikaning eng badavlat ayoli nomini olgan. Otasi Joze Eduardo Dush Santush prezidentlikni o‘zi ishongan me’rosxo‘riga topshirdi, biroq me’rosxo‘r uning ishonchini oqlamay, sobiq Prezidentning oilasi boyliklari ortidan tushdi.

 

Gruziya Prezidentining “erkatoy” kuyovi

2018 yil dekabr oyida Tbilisida Gruziya Prezidenti Georgi Margvelashvilining kuyovi qurol saqlaganlikda ayblanib hibsga olingan edi. Mindia Gogochuri – sobiq Prezidentning o‘gay qizining fuqarolikdagi eri. Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus operatsiya paytida Gogochuri ijaraga olingan kvartiraning balkonidan qurol otishni boshlagan. U hibsga olinganda, qaynonasi 10 kun davomida mamlakatni boshqarish uchun qoldirilgan. Bu voqeani siyosiy tanglik bilan izohlash mumkin. Prezident kuyovining ayanchli tarjimai holi bor. 2018 yil iyul oyida u oyog‘ida uchta pichoq jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan va 2017 yil yanvarida u o‘qotar quroldan yaralangan.

 

Nazarboyev oilasida ham kuyov “yov” chiqqan

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning uchta qizi bor - Darig‘a, Dinara va Aliya. Eng asosiy muammolar katta kuyov - Rohat Aliyev bilan bog‘liq edi. 2015 yilda u Avstriya qamoqxonasida o‘lik holda topilgan. O‘z joniga qasd qilishi uni Qozog‘istonga topshirishdan oldin sodir bo‘lgan.

Aliyev kim? Darig‘a Nazarboyevaga uylanib, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan oddiy laboratoriya xodimi. Uning keyingi qadami – Prezidentning shaxsiy qo‘riqchisi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lish edi. U Qozog‘istonning Avstriya va boshqa bir qator Yevropa mamlakatlaridagi elchisi, keyinchalik Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lgan. Hozirgi paytda uning Qozog‘iston hokimiyatini o‘zgartirish, ya’ni davlat to‘ntarishini uyushtirishga haqida qaror qabul qilgani, “oligarx fitnasi” uyushtirganiga ko‘pchilik ishonadi. 2007 yil bahorida Rohat "Nurbank"ning ikki rahbarini o‘g‘irlashda ayblangan, ularning jasadlari sement bilan to‘ldirilgan bochkalarda “bor-yo‘g‘i” 4 yil o‘tib topilgan. Aliyev Avstriyaga qochib ketgunga qadar rasmiylar uni jinoyat ishini qalbakilashtirishda ayblab, uning muholifatga o‘tganligini e’lon qilgan. Prezidentning qizi ajrashish uchun ariza bergan. Qozog‘iston sudi Aliyevga sirtdan 20 yilga hukm o‘qigan. Prokuratura esa ekstraditsiya qilishni talab qilib, avstriyaliklar bilan uzoq muddatli yozishmalarga kirishgan. Avstriyada Aliyev 2014 yilda hibsga olingan.

 

Ozarbayjondagi mashmasha

Ozarbayjonda "Panama hujjatlari" nashr etilgandan keyin janjal ko‘tarildi. Panamadagi Moccak Fonceca yuridik firmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Prezident Ilhom Aliyev va vitse-prezident Mehribon Aliyevaning qizlari 6 ta oltin koniga ega bo‘lgan kompaniyada 56 foiz ulushga egalik qilgan. Panama hujjatlarida Aliyevga tegishli ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, oilaning to‘ng‘ich qizi Leyla yashaydigan London markazidagi 25 million dollarga teng pentxaus shu zaylda 2006 yil sentyabr oyida sotib olingan. Xarid Virjiniya orollaridagi offshor orqali ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, dunyoning turli yirik megapolislari London, Dubay va Moskva viloyatida Aliyevlar nomida mulklar aniqlangan.

 

Prezident nevarasi…

Estoniyada 2006 yilda Prezident Arnold Ruutelning nevaralari bilan janjal yuzaga kelgan. Jurnalistlar voyaga нetmagan qizlarning bobosi yo‘qligidan foydalanib, Prezident saroyida uyatsiz bazmlar uyushtirganini ma’lum qilgan. Anonim guvohning so‘zlariga ko‘ra, 15 yoshli Xelena va 13 yoshli Mariya boshqa o‘spirinlar bilan birga o‘z ofislaridan rum, likyor, sharob va pivo o‘g‘irlab ichgan. Shuningdek o‘sha kuni marixuana ham qabul qilishgan. Bolalar Prezident majlisi stolida o‘tirib ichishgan, Prezident hammomiga yo‘l olishgan. Keyin o‘spirinlar saroyning tomiga chiqishgan, pastga sigareta qutilarini tashlab, davlat bayrog‘i yonigacha borishgan. Prezident va uning rafiqasi voqea uchun uzr so‘ragan.

 

Poroshenko o‘g‘lining futbolkasi

Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenkoning to‘rt farzandi bor: o‘g‘illari Aleksey va Mixail, egizak qizlari Aleksandra va Yevgeniya. 2017 yilda Poroshenkoning kenja o‘g‘li atrofida janjal kelib chiqqan. Internetda Mixailning “Russia” deb yozilgan futbolkadagi fotosurati paydo bo‘lgan. Vaholanki, o‘sha vaqtda Poroshenko har bir burchakda Rossiya bilan urush haqida gapirib yurardi. Uning qizlari ham otasiga pand bergan. Qizlar ijtimoiy tarmoqqa surat joylab, mamlakat uchun qiyin vaqtda Prezident Ispaniyada dam olayotganini oshkor qilgan. Poroshenko o‘sha kezlari dam olishdan bosh tortganini ma’lum qilgan.

 

Ukrainada bu birinchi holat emas

Yana bir Ukrainaning sobiq Prezidenti Viktor Yushchenkoning ham o‘g‘li “muammoli” bo‘lib chiqqan. U bilan bog‘liq birinchi janjal 2005 yildagi inqilobdan keyin yuz bergan. Jurnalistlar Ukrainada yagona BMW M6 (130 ming yevro) Yushchenkoga tegishli ekanligini aniqlashgan. O‘sha vaqtning o‘zida 19 yoshli Andreyning oldidan Vertu telefoni (bir necha ming yevro) va ko‘zni qamashtiruvchi restoran hisoblari topilgan. Voqea uchun uning otasi kechirim so‘ragan.

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50