Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
«Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi
Jun 27, 2019
149

«Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini o‘zgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (523-son, 25.06.2019 y). Bu haqda adliya vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar berib o‘tildi.

Qaror bilan, Ipoteka-bank faoliyatining mustaqilligini ta’minlash uchun 2020 yil oxirigacha quyidagilar amalga oshiriladi:

— bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zoligiga ko‘rsatiladigan va tayinlanadigan nomzodlarni davlat organlari hamda ularning rahbarlari bilan kelishish tartibi Ipoteka-bankka tatbiq etilmaydi;

— bank kuzatuv kengashining yangi tarkibi davlat organlari rahbarlarining ishtirokisiz shakllantiriladi va mustaqil direktorlar soni 5 nafarga yetkaziladi hamda Ipoteka-bank kuzatuv kengashi raisi mustaqil direktorlar orasidan saylanadi;

— bank rahbariyati shakllantiriladi va bankning bozor amaliyoti standartlari va ehtiyojlari asosida ijro etuvchi organ a’zolarining mehnatiga haq kuzatuv kengashi tomonidan to‘lanadi;

— loyihalarni bozor sharoitlaridan kelib chiqib kredit bilan ta’minlash va moliyalashtirish masalalari bo‘yicha qarorlar Ipoteka-bank tomonidan mustaqil qabul qilinadi;

— Ipoteka-bank mablag‘larini tijorat tashkilotlari ustav kapitallariga investitsiya ajratish uchun bank faoliyatiga xos bo‘lmagan tarzda jalb qilish taqiqlanadi.

Ipoteka-bank ustav kapitalidagi davlat ulushi 2 oy ichida Moliya vazirligiga beg‘araz beriladi.

2022 yil oxirigacha bank ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan kamaytiriladi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50