Obuna bo`ling!
USD10650.06
EUR12497.85
RUB146.08
"Qalqon" jamoasining yosh chempionlarini bilasizmi?
Oct 10, 2019
920

Joriy yil 5-6 oktyabr kunlari Farg’ona shahridagi Olimpiya zaxiralari sport maktabi binosida bolalar, o’smirlar va kattalar o’rtasida an’anaviy Taekwon-do ITF bo’yicha “Farg’ona vodiysi ochiq kubogi” bo’lib o’tdi.

Musobaqada Toshkent shahri, vodiy viloyatlari va qo’shni  Qirg’iziston Respublikasining O’sh viloyatidan sport ustalari va havaskor sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqa Farg’ona viloyat an’anaviy Taekwon-do  federatsiyasi raisi Botirjon Bahodirov tomonidan tashkillashtirildi.

Mazkur musobaqada Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan  Rahmonali Mashrabov murabbiyligidagi “Qalqon”  jamoasining yosh va iqtidorli Taekwon-do ustalari hamda tarbiyalanuvchilari ham o’z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. “Qalqon” jamoasi nomidan musobaqada ishtirok etgan 14 nafar sportchilarning har biri sovrinli o’rinlarni egallaganligi ushbu murabbiyning qay darajada mahorat egasi ekanligidan dalolatdir. Murabbiy eng yosh shogirdlaridan 6 yoshli Hamdamaliev SHohjahon 18 kg.vaznda 1-o’rinni, 6 yoshli SHuhratov Asadbek Asrorbek o’g’li 19 kg.vaznda 2-o’rinni, 6 yoshli Abdurasulov Xondamir  20 kg.vaznda 1-o’rinni egalladi. Bu kabi sport klublarining faoliyat olib borishlari avvalambor yoshlarimizning bo’sh vaqtlarini behuda sarflamasliklariga va kelajakda xuddi o’zbek bokschilari kabi Taekwon-do sport turi bilan shug’ullanadigan o’zbek sportchilari xam dunyoda tengsiz bo’lishlari uchun  zamin yaratadi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50