Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Qo‘qonda ochilgan yangi universitet qabul eʼlon qildi
Sep 3, 2019
2069

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 17 avgustdagi 683-sonli qaroriga muvofiq 2019/2020 o‘quv yili uchun Qo‘qon universiteti joriy yilning 5 sentyabridan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Universitetda quyidagi taʼlim yo‘nalishlarda bakalavrlar tayyorlanadi:

👉 Iqtisodiyot;

👉 Menejment;

👉 Moliya;

👉 Tadbirkorlik;

👉 Maktabgacha taʼlim;

👉 Boshlang‘ich taʼlim;

👉 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;

👉 Mehmonxona va turizimni boshqarish.

Qo‘qon universitetida talabalar kunduzgi taʼlim shaklida, to‘lov-shartnoma asosida o‘qitiladi.

Bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Hujjatlar 2019 yilning 5 sentyabridan 20 sentyabriga qadar qabul qilinadi (yakshanba kunlari ham).

Universitet qabul komissiyasi abiturientlarni quyidagi hujjatlar asosida maxsus baza orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi:

1. Pasport (tug‘ilganlik to‘g‘risida maʼlumotnoma) asli;

2. Umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) asli;

3. Chet tili sertifikati (agarda mavjud bo‘lsa) asli va nusxasi.

Hujjatlar Qo‘qon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji (Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy) da qabul qilinadi.

Mo‘ljal: Qo‘qon markaziy stadioni.

Iqtisodiyot, Menejment, Moliya, Mehmonxona va turizimni boshqarish va Tadbirkorlik taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abiturientlar quyidagi fanlardan test topshiradilar:

- Matematika (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);

- Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);

- O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Maktabgacha taʼlim:

- Biologiya (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);

- O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);

- Tarix (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Boshlang‘ich taʼlim:

- O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);

- Matematika (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);

- Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili:

- Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);

- O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);

- Tarix (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Xorijiy fuqarolar universiteti tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat asosida qabul qilinadi.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar uchun o‘qish 2019 yilning 2 oktyabr kunidan boshlanadi.

- Universitetga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida kamida 10 nafar abiturientlar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi;

- Barcha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning ingliz tili uchun - milliy sertifikat V2 va C1 yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 va undan yuqori), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72 va undan yuqori) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalariga ega bo‘lgan abiturientlar kirish imtihonlarisiz suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi;

- Test sinovlari majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning ingliz tili uchun - milliy sertifikat B1 yoki International English Language Testing System (IELTS 4,5-5,0), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42-71) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalariga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu fandan kirish imtihonlarisiz belgilangan maksimal ball beriladi;

- Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari g‘oliblari tegishli taʼlim yo‘nalishlari doirasida kirish imtihonlarisiz grant asosida o‘qishga qabul qilinadi;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan mahalliy yoki xorijiy OTMlarida tahsil olayotgan talabalarga Qo‘qon universitetiga o‘qishlarini ko‘chirib davom ettirish yoki o‘qishdan chetlatilgan talabalar uchun o‘qishga qayta tiklash imkoniyati beriladi.

To‘lov-kontrakt miqdorlari:

️ Iqtisodiyot – 18.411.520 so‘m

️ Menejment – 18.411.520 so‘m

️ Moliya – 18.411.520 so‘m

️ Tadbirkorlik – 18.411.520 so‘m

️ Mehmonxona va turizimni boshqarish – 18.411.520 so‘m

(Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan (634880 so‘m) 29 barobari).

️ Maktabgacha taʼlim – 17.141.760 so‘m

️ Boshlang‘ich taʼlim – 17.141.760 so‘m

️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – 17.141.760 so‘m

(Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan (634880 so‘m) 27 barobari.)

️Xorijiy fuqarolar uchun – 2500 АQSh dollari.

Batafsil:

Call markaz: +998 73 545 55 55, +998 73 545 44 44

Telegram kanali: @kokanduni

Facebook: facebook.com/kokanduni

Instagram: instagram.com/kokanduni

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50