Obuna bo`ling!
USD9526.28
EUR10329.35
RUB148.82
QQS: andijonlik tadbirkorlar salkam 10 milliard mablag‘ni tejab qoladi
Oct 9, 2019
171

Biznes olami vakillari uchun 2019 yilning so‘nggi choragi katta voqelikka aylandi.

Davlatimiz rahbari  tomonidan joriy yilning 26 sentyabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi.

Tabiiyki, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi kamayishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar foydasining oshishini ta’minlaydi. Raqamlarga e’tibor qaratsak, bu yanada yorqinroq ko‘rinadi.

Andijon viloyatida shu yilning 3-choragida 2 ming 500 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari davlat byudjetiga 197 milliard 488 million so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashgan.

Ushbu soliq turining 5 foizga tushirilishi natijasida 4-chorakda ushbu korxonalar ixtiyorida 9 milliard 874 million so‘mdan ortiq mablag‘ qoladi.

Albatta,  stavka pasayishi hisobiga tadbirkorlarda o‘z faoliyatlarini jonlantirish imkoniyati ortadi. Bu esa yangi ish o‘rni, qo‘shimcha loyihalar demakdir.

 

Andijon viloyati davlat soliq

boshqarmasi matbuot xizmati

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50