Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Iordaniyadagi litsenzion musobaqada O‘zbekiston 1-o‘rinni egalladi (+jadval)
Mar 12, 2020
261

Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazilgan Osiyo/Okeaniya mintaqasi bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion musobaqasi yakunlandi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchta oltin va to‘rtta bronza medallar bilan  umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Terma jamoamizning 3 nafar a’zosi — Mirazizbek Mirzaxalilov (57 kg.), Elnur Abduraimov (63 kg.) va Bahodir Jalolov (+91 kg.) chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shahobiddin Zoirov (52 kg.), Bobousmon Baturov (69 kg.) va Sanjar Tursunov (91 kg.) bronza medallari bilan qaytadigan bo‘lishdi. Shuningdek, Tursunoy Rahimova (51 kg. bronza) ham Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Qozog‘iston esa litsenzion turnirda 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Iordaniya esa kuchli uchlikka kirdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza.

Tokio-2020 saralash musobaqasi medallar jadvali:

1. O‘zbekiston — 3-0-3 (6)

2. Qozog‘iston — 2-2-3 (7)

3. Iordaniya — 1-1-3 (5)

4. Xitoy — 1-0-2 (3)

5. Filippin — 1-0-0 (1)

6. Avstraliya — 0-3-0 (3)

7. Hindiston — 0-1-3 (4)

8. Tailand — 0-1-0 (1)

9. Vetnam — 0-0-1 (1)

10. Mo‘g‘uliston — 0-0-1 (1).

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50