Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Farg‘onalik noshirlar «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida (foto)
Oct 3, 2019
69

Xabaringiz bor, 2 oktabr kuni «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida «Tashkent Book Fest» 1-Toshkent kitob ko‘rgazma-yarmarkasi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil qilingan mazkur ko‘rgazmada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va Turkiya kabi davlat vakillari, ko‘plab xorijiy va mahalliy nashriyot hamda kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

Kitobxonlik va kitob noshirligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, bu boradagi texnologik yangiliklar, dizayn va kompyuter texnikasi asosidagi yuksalish kishini hayratga soladi, – deydi ko‘rgazma ishtirokchisi, “Farg‘ona” nashriyoti direktori N.Hoshimov. – Bugungi kun kitobxoni uchun kitob va bosma mahsulotlarning mazmun-mohiyati bilan birga, uning sifati va bezagi, shuningdek, turli aksessuarlar ham muhim. Aqlli kitoblar, turli kitoblar taqdimoti, kutubxonachilik sohasiga oid ixtiro va yangiliklar – barchasi mazkur ko‘rgazmaning mohiyatidan darak beradi.         

2-4 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur ko‘rgazma dasturidan bir qancha yangi kitob taqdimotlari, arzonlashtirilgan kitob savdolari, mushoiralar, sovrinli intellektual viktorinalar hamda musiqiy tadbirlar o‘rin olgan.

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50