Obuna bo`ling!
USD10371.76
EUR12153.63
RUB133.19
Respublika Maxsus komissiya aʼzolarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishing
Jul 15, 2020
259

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari va uning matbuot xizmati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bir jurnalist ajoyib savol berdi. Savol: Nega (Vazirlar mahkamasi qoshidagi) Respublika Maxsus Komissiya tarkibi ommaga eʼlon qilinmaydi?

Menimcha qarorlari ko‘plab savollarni keltirib chiqarayotgan bu Maxsus komissiya aʼzolari kimligi rostan ham ko‘pchilikka qiziq. Marhamat komissiya aʼzolarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishing.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi

TАRKIBI:

А.N. Аripov - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya rahbari

А.А. Аbduvaxitov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Komissiya rahbarining o‘rinbosari

А.K.Shadmanov - O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Komissiya rahbarining o‘rinbosari

А.А.Аbduxakimov - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

E.M.Ganiev - O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri

А.X. Kamilov - O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

S.U.Umurzakov - O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

I.U.Madjitov - O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri

Sh.X.Shermatov - O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

А.V.Shin - O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

B.S.Yuldashev - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti

S.X.Kariev - Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

O.K. Аbduraxmanov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

B.А. Shayakubov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari

А.Dj.Xadjaev - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

B.T.Norkobilov - O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

M.B.Аzimov - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

B.I. Аlmatov - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori — Davlat bosh sanitar vrachi

T.А.Ishmetov - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

А.А. Tashpulatov - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

А.А.Muminov - O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari

B.А.Rashidov - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

S.S. Saydaliev - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Karantin va o‘ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi markazi boshlig‘i

N.I.Usmanbekov - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari

M.J.Ganiev - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining sho‘ʼba mudiri

 

P.s.: Eʼtibor bergan bo‘lsangiz Respublika Maxsus Komissiyasi tarkibida parlamentni na quyi palatasidan bironta deputat na yuqori palatasidan bironta senator o‘rin olmagan.

P.s.2: Аyrimlarda, qarorlari parlament tasdig‘idan o‘tmaydigan, prezident tomonidan imzonlanmaydigan komissiyaning huquqiy maqomi va u tomonidan qabul qilinayotdan hujjatlarni yuridik kuchi qanday bo‘ladi degan o‘rinli savollar tug‘ilayotganiyam bor gap.

®Obidjon Latipov

 

Parlament jim bo‘lib qoldimi? Yo ular ham karantindami?

Toshkent shahar kengashi deputati Obidjon Latipov nega Vazirlar mahkamasi qoshidagi Koronavirus choralari bo‘yicha maxsus komissiyasi tarkibiga bironta Oliy majlis deputati kiritilmagani haqida o‘rinli savol berdi. Men aslida bu savolni kengaytirib, Oliy majlisning o‘ziga ham savol bergan bo‘lardim: deputatlar, sizlar nima qilyapsizlar bu misli ko‘rilmagan inqiroz davrida? Kunda yo kunora hukumat ko‘rayotgan choralarni olqishlab postlar qo‘ygan aʼzolaringiz ko‘zga chalinadi — sizning vazifangiz aslida saylovchi tomonida turib, ijrochi hokimiyatni so‘roq qilish ekanini bilasizmi?

Bu inqiroz darhaqiqat butun dunyoni larzaga keltirdi va manaman degan davlatlarni ham tiz cho‘ktirdi. Xususan, Buyuk Britaniya ham unchalik buyuk emas ekanman shekilli, degan xulosaga keldi. Lekin, uning deputatlari bosh barmog‘ini so‘rib o‘tirgani yo‘q — hukumatning har bir qarorini savol ostiga olish bilan birga o‘zlari ham ilmiy kengash tuzib, turli sohalardagi maslahatlarni hukumatga uzata boshlashgan.

O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatlari qanday tashabbuslar bilan chiqishdi? Bir partiya lideri kecha maktablarda o‘zbek tili kamayotgani haqida populistik bayonot berdi, lekin hozir odamzotda til emas, o‘pka va cho‘ntak atroflari qattiq qichiyotgan payt emasmi?

Ibrat Safo

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50