Obuna bo`ling!
USD10139.30
EUR11051.84
RUB141.35
Rossiyada jinsiy zo‘ravonlikka uchragan qizlarning o‘zi jarimaga tortildi
May 12, 2020
52

Tunda patrul-post xizmati xodimlariga ikki qiz murojaat qilgan va noma’lum erkak ko‘chada ularni qo‘rqitib, telefon va qimmatbaxo taqinchoqlarini olib qo‘yib, so‘ngri jinsiy zo‘ravonlikni amalga oshirganini aytgan.

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida 17 va 18 yoshli qizlar karantin qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi. E’tiborli tomoni, qizlar ko‘chada ashaddiy jinoyatchi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragandan so‘ng politsiyaga o‘zlari murojaat qilgan edilar.

Endi bu qizlar 100 rubldan 1000 rublga qadar bo‘lgan jarimaga tortilishi kutilmoqda. Shuningdek, ularni zo‘rlagan jinoyatchi ham qo‘lga olingan va unga nisbatan ham karantin qoidalarini buzish ayblovi qo‘yilmoqda. Rossiya ichki ishlar vazirligidan axborot berilishicha, jinoyat vaqtida na jinoyatchi va na jabrlanganlar ko‘chada bo‘lishi mumkin emas edi. Shu sababli ularning barchasi ma’muriy javobgarlikka tortilmoqda.

Jinoyat 22 aprelda ro‘y bergan. Xabar qilinishicha, tunda patrul-post xizmati xodimlariga ikki qiz murojaat qilgan va noma’lum erkak ko‘chada ularni qo‘rqitib, telefon va qimmatbaxo taqinchoqlarini olib qo‘yib, so‘ngra jinsiy zo‘ravonlikni amalga oshirganini aytgan.

Gumonlanuvchi tezkorlik bilan o‘sha vaqtning o‘zida qo‘lga olingan. U 1964 yilda tug‘ilgan va avval bir necha bor sudlangan Rossiya fuqarosi bo‘lib chiqdi. Unga nisbatan shuningdek jinoiy ish ham ochilgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50