Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Ertaga O‘zbekiston MTJ Yamanga qarshi maydonga tushadi
Oct 9, 2019
42

Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 10 oktyabr kuni JCH-2022 saralashi 2-bosqich 3-turi doirasida o‘z maydonida Yaman terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Mazkur o‘yinni suriyalik hakam boshqarib boradi. Hanna Hattab O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi bosh hakami etib tayinlandi. 

Ta’kidlab o‘tamiz,  o‘yin "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 17: 00da boshlanadi.  Biz esa bu o‘yinda terma jamoamizga faqat g‘alaba tilab qolamiz.

 
O‘ZBEKISTON – YAMAN
10 oktyabr | "Paxtakor" stadioni | Soat 17:00 

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Kazzaz (Suriya), Ayman Fayzal Hamze Obeidat (Iordaniya). 

Zaxira hakami: Ahmad Alali (Quvayt)

 

Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Hail (Qatar)

Komissar: Mei Chiat Si (Malayziya).

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50