Obuna bo`ling!
USD9526.28
EUR10329.35
RUB148.82
Farg‘ona viloyati hokimi Oliy Majlis deputatlari bilan uchrashdi
Feb 7, 2020
113

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zolarini qabul qildi.

Dastlab Sh.G‘aniyev yangi saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini deputatlik faoliyatlari bilan tabrikladi. Oliy Majlis deputatlari viloyat hududida suv ta’minoti borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shahar va tumanlarda aholi talab va murojaatlarini o‘rganmoqchi ekanliklarini bildirdilar.

– Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda, – deydi qo‘mita raisi o‘rinbosari Zuhra Ibragimova. – Ayniqsa, aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji kundan-kunga ortib bormoqda. Biz ijro intizomini o‘rganamiz va kelgusida qilinadigan ishlar loyihalari bilan tanishamiz.

Samimiy muloqotda barcha sohalarda, xususan, suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimi va shu kabi boshqa masalalarda suhbatlashildi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustivor vazifalar, shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining Harakatlar dasturida belgilangan ustivor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar milliy dasturida asosiy vazifa qilib ustivor ekologik muammolarni aniqlash, ularni hal etish vositalarini tanlash va tegishli tashkiliy va mahsus o‘zgarishlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, mamlakatning barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tishga shart-sharoitlar yaratish uchun respublikaning tabiatni muhofaza qilish faoliyatida umumiy strategiyani shakllantirish belgilab berilgan. Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq ekologik muammolarning yechimini topish va aholi salomatligini muhofaza qilish masalalariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash masalalaridagi mavjud muammolar, mohiyatan ularning mintaqaviy mahalliy yoki global miqyosda ekanligini inobatga olgan holda, ularning yechimiga yangicha zamonaviy yondoshuvni talab etayotganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va sog‘liqni saqlash masalalaridagi muammolar echimini topishda ushbu yo‘nalishdagi davlat dasturlarining qabul qilinishi va amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etayotganligi uchrashuvda qayd etib o‘tildi. Uchrashuvda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha so‘z yuritildi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholini, birinchi navbatda qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida salmoqli ishlar bajarildi. Suv va kanalizatsiya tarmoqlarini, shu jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari izchil amalga oshirilmoqda va bu boradagi ishlar kelgusi yillar davomida ham samarali tarzda tashkil etilishi ta’kidlandi.

Aytish kerakki, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan va unda muhim vazifalar belgilab berilgan. Unda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-iyuldagi PQ-1378-son qarori bilan tasdiqlangan “Qo‘qon va Andijon shaharlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini hamda Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tumani markazining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan. Bu boradagi ishlar O‘zbekiston ekologik partiyasi saylovoldi dasturida ham belgilanib, aholiga toza ichimlik suvini etkazib berish va kanalizatsiya tizimlari tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich bajarib kelinmoqda. Bu borada Ekologik partiyasi deputatlari ham yanada faollik bilan harakatni olib borishyapti. YAngi loyihalar, tizimni yanada tizimni rivojlantirishga yo‘l ochadi. Bu yo‘nalishdagi ishlarni bajarishda loyihalar ishlab chiqish haqida Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan murojaatnomasida ham ta’kidlab, qator vazifalarni belgilab berdilar.

Amalga oshiriladigan ushbu ishlar yurtimizda yashayotgan aholining turmush tarzini yanada yuksaltirish, xalqimizning farovon hayot va kelajagiga xizmat qiladi. Asosiy vazifa muammolarni o‘z vaqtida hal etib, vazifalarni amalga oshirish, hamyurtlarimizga yanada qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Muloqot davomida deputlar bu borada yana bajarilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar xususida to‘xtalib o‘tishdi. Istiqboldagi rejalar xususida fikrlashildi, takliflar o‘rtaga tashlandi. Yig‘ilish so‘ngida viloyat hokimi Oliy Majlis deputatlarning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

Fotima O‘ktamova,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Farg‘ona viloyat  Kengashi matbuot kotibi

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50