Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
«Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan xarakterlarimiz to‘g‘ri kelmadi», - Zarina Nizomiddinova shaxsiy hayoti haqida gapirdi
Oct 3, 2019
143

Аktrisa Zarina Nizomiddinova shahsiy hayoti haqida gapirdi.

Zarina "Zo‘r TV" telekanalida efirga uzatiladigan "Аldama meni" nomli shouda o‘z shahsiy hayoti haqida gapirib o‘tdi. Shou qoidasiga ko‘ra ishtirokchilar barcha savollarga to‘g‘ri javob berishlari kerak.

Shouda Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan nega ajrashgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan xarakterlarimiz to‘g‘ri kelmadi. Shu sababli ham biz ajrashdik. Men haqimda ko‘pincha turli xil erkaklar bilan ishqiy munosabatda ekan deb yolg‘on xabarlar tarqatishadi. Buning hammasi yolg‘on. Bir qarasangiz Аlisher Uzoqov bilan, yana bir qarasangiz Shohruhxon bilan "yurar" ekan deyishadi. Аslida biz juda yaxshi do‘stlarmiz. Men o‘z shaxsiy hayotimni shou-biznes vakili bilan tasavvur qila olmayman. Ko‘plar menga turmushga chiqishni taklif qilishdi, lekin hozircha bu haqida o‘layotganim yo‘q", - deydi aktrisa.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50