Obuna bo`ling!
USD10777.04
EUR12140.34
RUB142.21
"Sog‘lom ayol – buyuk kelajak": g‘oliblar saralandi
Nov 11, 2021
82

Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar qamrovi kundan kunga ortib bormoqda.

Jumladan, “Sog‘lom hayot sari besh ming qadam”, “Avtomobilsiz kun”, piyoda yurish, yoshlar va mehnat jamoalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan sport, sog‘lomlashtirish tadbirlari ommalashib bormoqda.

Qo‘shtepa tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, turizm va sport bo‘limi hamkorligida "Sog‘lom ayol – buyuk kelajak" shiori ostida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar badiiy gimnastika, erkin kurash, ayollar gimnastradasi yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan uchrashuvlarda Jamila Solijonova, Zamiraxon Jalilova, Saida To‘xtanazarovalar sport turlari bahslarining mutlaq g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi

 viloyat bo‘limi matbuot xizmati.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50