Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
SHIFOKORLARGA TAHDID QILMANG! yoxud yaxshilikka yomonlik qaytarish insofdan emas
Oct 10, 2019
392

So’nggi paytlarda tez yordamga chaqirilgan tibbiyot xodimlarini hech qanday sababsiz nohaq haqoratlash, ularga qo’l ko’tarish, tazyiq o’tkazish kabi salbiy holatlar tez-tez sodir bo’lmoqda.

 So’nggi paytlarda tez yordamga chaqirilgan tibbiyot xodimlarini hech qanday sababsiz nohaq haqoratlash, ularga qo’l ko’tarish, tazyiq o’tkazish kabi salbiy holatlar tez-tez sodir bo’lmoqda.

Shunday bo’lishiga qaramay ko’pgina shifokorlar andishaga borib bu tazyiqlar bo’yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilaverishmaydi.

Masalan,  Toshkent shahridagi 6-podstantsiyaning tez tibbiy yordam xodimi Jahongir Xo’jaev chaqiruvga borgan paytda bemorning yaqinlari tomonidan uni o’ziga nisbatan tajovvuz qilinganidan  yurtdoshlarimiz internet tarmog’i orqali xabardor bo’lishdi.

Mazkur voqeada tez yordam brigadasi 12 daqiqada ko’rsatilgan manzilga yetib borgan. Ularni bir guruh mast erkaklar qarshi olishgan va stullarga yotqizib qo’yilgan 28 yoshli qizning yoniga olib borishgan. Bemorning atrofida to’planib olgan bir guruh odamlar tinimsiz baqirar, shifokorlarni haqorat qilishardi. Qizda psixomotor qo’zg’alish kuzatilayotgandi. SHifokor J.Xo’jaev o’z vazifasini to’liq bajaradi, hech qanday noo’rin harakat qilmaydi. Ammo bemorning atrofidagilar shifokorni to’g’ri tushunmay, unga nisbatan kuch ishlatishadi.

Ming afsuski, ana shunday salbiy holat Qo’qon shahrida ham kuzatildi. Eng yomoni, bu safar bemorning yaqinlari tez yordam shifokoriga pichoq o’qtalib, unga tan jarohati yetkazdi.

Shu o’rinda o’yga tolasan kishi: o’z huzur-halovatidan kechib, o’zgalar hayotini saqlab qolish uchun borgan odamga tazyiq o’tkazish bu insofdanmi? Axir u sizga yordam qo’lini cho’zmoqchi bo’lib bordiku.

 Bunday salbiy holatlar el dardiga darmon bo’layotgan shifokorlarning haq-huquqlarini qat’iy himoya qilish uchun alohida huquqiy hujjat qabul qilish vaqti allaqachon kelganidan dalolat beradi.

Shu sabab  2 oktyabr  kuni O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov shifokorlarga tajovuz kilish kabi illatni oldini olishning eng samarali yo’llaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan har bir noqonuniy xatti-harakatlar uchun qat’iy javobgarlikni kuchaytirish barobarida uni nazoratga olish kerakligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat kildi.

SHu o’rinda eslatib o’tmoqchimiz, tez tibbiy yordam  inson hayoti hamda sog’lig’i uchun xavfli holatlar ro’y berganda kechasi-yu kunduzi ko’rsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi hisoblanadi.

So’nggi yillarda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibori tufayli yurtimizda mazkur tizim ham tubdan takomilashtirilmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 25 yanvardagi «Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori mazkur yo’nalishda ishlarning tezkorligi, sifat va samaradorligini yanada oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, ilm-fan yangiliklarini tibbiyot amaliyotiga keng tatbiq etishda muhim dasturilamal bo’lmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, har yili mamlakatimizda shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga aholidan 10 milliondan ko’proq murojaatlar tushadi va ularga beminnat xizmat ko’rsatiladi.

Keyingi ikki yil ichida davlat byudjetidan soha uchun qariyb 1500 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilindi va hududlarning ushbu texnikaga bo’lgan ehtiyoji to’liq qoplandi.

Endilikda yurtimizda har 13 ming aholiga bitta maxsus tez yordam mashinasi xizmat ko’rsatadi. Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasini kuzatsak, ularda 20-25 ming kishiga bitta maxsus avtotransport vositasi to’g’ri keladi. Demak, bu jihatdan mamlakatimiz tibbiyoti xalqaro andozalar darajasiga ko’tarildi.

Ayni paytda tez yordam avtoparkini zamonaviylashtirish ishlari tizimli davom etmoqda. 2021 yilgacha «Damas» avtomashinalaridan to’liq voz kechilib, xalqaro andazalar darajasida jihozlangan zamonaviy tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlandi, Farg’ona viloyatidagi mavjud 276 ta tez yordam mashinalari  tezkor yo’naltirishni ta’minlovchi GPS tizimi bilan ta’minlandi, joriy yil yakuniga qadar qulay aloqa vositalari bilan to’liq ta’minlanishi belgilangan. 

SHoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash ham so’nggi 3 yilda qariyb 3 barobarga ko’paydi. Ya’ni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 so’m miqdorida belgilandi. 

Bunday islohotlar va yaratilayotgan qulayliklardan maqsad nima? Albatta, hammasi xalqimiz salomatligini asrash, aholiga malakali tibbiy xizmat, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida qilinmoqda.

Sizga yordam ko’rsataman deb xonadoningizgacha kirib borgan tibbiyot xodimiga tazyiq o’tkazish esa davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan bu kabi g’amxo’rliklarga nisbatan noshukurlik yoxud xalqona qilib aytganda “yaxshilikka-yomonlik”  emasmi?

Farg’ona viloyat sog’liqni saqlash

boshqarmasi axborot xizmati.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50