Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
Toshkent - Namangan - Andijon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
Feb 15, 2021
46

2021 yil 16 fevral kunidan boshlab, 64/63-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, mazkur poyezdlar haftada ikki marotaba, 64-sonli yo‘lovchi poyezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent – Namangan – Andijon yo‘nalishida, 63-sonli yo‘lovchi poyezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon – Namangan – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi.

Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50