Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Shavkat Mirziyoevning yangi asari nashrdan chiqarildi
Oct 9, 2019
90

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” nomli yangi asari nashrdan chiqarildi.

O‘zАning xabariga ko‘ra, mazkur kitob Prezident asarlarining 3-jildi hisoblanib, kitob 3 bo‘limdan iboratdir.

Аsarning birinchi bo‘limiga mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlangan nutq va maʼruzalar kiritilgan.

Kitobning ikkinchi bo‘limidan esa xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va maʼruzalar, uchinchi bo‘limdan yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabriklar o‘rin olgan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50