Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Shavkat Mirziyoyev poyabzal ta’mirlovchi to‘rt nafar ustani “Jasorat” medali bilan mukofotladi
Aug 30, 2019
64

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, bir guruh shaxslar “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

Jumladan, poyabzal ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi to‘rt nafar usta — Toshkent viloyati Pskent tumanida ishlovchi Larisa Dusmanbetova, Andijon viloyati Baliqchi tumanida ishlovchi Ismonjon Qosimov, Toshkentning shahrining Yashnobod tumanida ishlovchi Asatulla Maksumxonov va Buxoro viloyati Jondor tumanida ishlovchi Shokir Ravshanov Prezident farmoni bilan mukofotlangan.

Namangan viloyatining Norin tumanida yashovchi Azimjon Sattorov va Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yashaydigan Maqsudbek Erimov ham “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. Ularning har ikkisi maishiy texnika ta’mirlash ustasi sifatida faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, bir guruh tikuvchi va to‘quvchi hunarmandlar — termizlik Gulmira Azizova, yozyovonlik Dilrabo Zulimova, jizzaxlik Ulbo‘sin Qo‘shboqova, oqoltinlik Mahliyo Mamaroziqova, kitoblik Aziza Murodova, urgutlik Gulsora Tohirova, Sharof Rashidov tumanida yashovchi Malika Egamqulova ham mukofotlangan.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50