Obuna bo`ling!
USD9384.00
EUR10393.72
RUB140.14
Shavkat Mirziyoev 17 yillik faoliyati davomida birinchi marta mehnat taʼtiliga chiqdi
Aug 5, 2019
77

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qisqa muddatli taʼtilga chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yil 5 avgustdan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqan.

Davlat rahbarining taʼtili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev Bosh vazir sifatida 14 yil va Prezident lavozimida qariyb 3 yillik faoliyati davrida ilk marta rasman mehnat taʼtiliga chiqmoqda.

2003 yilda Shavkat Miromonovich O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlangan edi. Ushbu lavozimga yana uch marta — 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlangan.

2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan, 14 dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishgan edi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50