Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
Shoh va shoirga ehtirom
Feb 15, 2021
42

Farg‘ona shahridagi 25-umumtaʼlim maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur – adabiyotning barhayot siymosi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkardaning suronli hayot yo‘li, davlatchilik siyosati, hukmronlik mahoratiga oid qiziqarli maʼlumotlar berildi. Shoir ijodiga oid ruboiy, g‘azallari yod o‘qildi, qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Buyuk siymolarning hayoti va ijodi, ular yaratgan o‘lmas meroslar asrlar davomida yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ongi va dunyoqarashini shakllantirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Tadbir so‘ngida maʼnaviy-maʼrifiiy kechaning faol ishtirokchilari “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi

 viloyat bo‘lim boshqaruvi matbuot xizmati.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50