Obuna bo`ling!
USD10139.30
EUR11051.84
RUB141.35
Asalhoneyning kaltaklanishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
May 11, 2020
122

Ayol eshikni ochishi bilan uni urib, ichkariga kirgan va Asalhoneyga tahdid qilib, skotch bilan bog‘lagan, uning 220 AQSh dollari hamda bir million so‘m miqdoridagi pullarini olgan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati Asalhoneyni urib, tanasi skotchlab ketilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha talonchilar jabrlanuvchining uyiga kirib olish uchun gul yetkazib berish xizmatidan kelganliklari, “dostavka” qog‘oziga imzo qo‘yish zarurligini aytgan. Ayol eshikni ochishi bilan uni urib, ichkariga kirgan va Asalhoneyga tahdid qilib, skotch bilan bog‘lagan, uning 220 AQSh dollari hamda bir million so‘m miqdoridagi pullarini olgan.

Tezkor harakatlar natijasida talonchilar voqea joyida qo‘lga olingan. Jinoyatni 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashovchi A. hamda uning sherigi 1993-yilda tug‘ilgan, Toshkentda istiqomat qiluvchi B. bilan til biriktirib amalga oshirishga uringan.

A.ning aytishicha u uydagi yana bir ayolni bog‘lab ishni bitirib ketishni ko‘zlagan, sherigi esa bu vaqtda xonadonni tark etishga ulgurgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval internetda Asalhoney nomi bilan tanilgan X.M. ismli ayol 5-may oqshomida o‘zi yashaydigan uyda bir erkakning hujumiga uchragani, voqea joyiga yetib kelgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalyon 1-otryadi xodimlari talonchini ushlagani va u Toshkent shahar Uchtepa tumani Peshqadam ko‘chasida yashovchi A. ekanligi, muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50