Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Sirdaryodan topilgan tillalarning taqdiri nima bo‘ldi?
May 12, 2020
252

Sharqiy harbiy okrugning shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi, oddiy askar Elmurod Normatov viloyatning Mirzaobod tumanida o‘ziga biriktirilgan hududni tozalash jarayonida uy egasining tilla buyumlari, jumladan, tilla zanjir va soatni topib oladi.

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasining o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan favqulodda holat sababli yaqin atrofda yashayotgan aholi evakuatsiya qilingan edi. Tabiiyki, jon achchig‘ida ko‘pchilik o‘z shaxsiy buyumlarini, jumladan, qimmatbaho taqinchoqlar va pullarini unutib qoldirgan. Ayni paytda talafot yetgan hududlarda tozalash, tartibga keltirish ishlari davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining xabar berishicha, harbiy xizmatchilar ham ushbu ishlar boshida turib, ko‘mak bermoqda. Ular tomonidan odamlar uyi atrofida to‘planib qolgan suv, chiqindilar va boshqa keraksiz buyumlar olib chiqib ketilyapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sharqiy harbiy okrugning shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi, oddiy askar Elmurod Normatov viloyatning Mirzaobod tumanida o‘ziga biriktirilgan hududni tozalash jarayonida uy egasining tilla buyumlari, jumladan, tilla zanjir va soatni topib oladi. Komandirlarga zudlik bilan xabar beriladi va buyumlar o‘z egasiga yetkazildi.

Yana bir oddiy askar Komil Choriyev ham Mirzaobod tumanining “Navbahor” mahallasida tozalash ishlarini olib borayotganida suv bosgan buyumlar orasidan xonadon egasiga tegishli bo‘lgan 720 ming so‘m pul topib oldi hamda egalariga qaytarilishini ta’minladi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50