Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Saylovoldi targ‘ibot tadbirlari yorqin taassurotlar ostida o‘tmoqda
Oct 9, 2019
39

Farg‘ona viloyatida joriy yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bunda, ayniqsa, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlari muhim o‘rin tutmoqda.

 

Targ‘ibot tadbirlarining taniqli xonandalar ishtirokida, shou tadbirlari, viktorina savol-javoblari orqali tashkillanayotgani partiyaning aholi ichiga yanada yaqinroq kirib borishida, xalq bilan hamnafas bo‘lib ish yuritishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bunyodkorlikka yuz tutgan so‘lim viloyatning suyagi mehnatda qotgan, toshdan gul undiruvchi o‘z ishbilgichlari-yu tadbirkorlari, usta dehqonlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Oltiariq tumanida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida ko‘tarinki kayfiyat hukmronlik qildi.

Karnay-surnay sadolari ostida tumandagi maslakdoshlarimizni chaqiriqqa undash bilan boshlangan dastur tadbirkoru sportchilarning partiya haqidagi iliq fikrlarini bildirish va fuqarolarni ham partiyaning maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlashga da’vat etish bilan boshlandi.

                   Mana, yaqinda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon, ya’ni parlament va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar o‘tkaziladi. Saylov arafasida siyosiy partiyalar o‘z saylovoldi dasturini ishlab chiqadi. Shu jumladan, O‘zLiDeP ham o‘z saylovoldi dasturini loyihasini ishlab chiqmoqda. Yaqindagina loyihalar muhokamasi tumanimizda ham o‘tkazildi. Unda bir qator takliflar ilgari surildi. Ayniqsa, partiya tomonidan xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish borasida aniq takliflar va manzilli dasturlar ilgari surilayotgani ayni muddao bo‘ldi. Boisi, bu fuqarolarimizni yanada uzoq umr ko‘rishi hamda salomatliklarini mustahkamlashga xizmat qiladi, – deydi biz bilan suhbatda Oltiariq tuman Kengashi deputati Rasuljon Dehqonov.

Bag‘dod tumanida o‘tkazilgan “Har bir inson, oila farovonligi – faoliyatimiz mezoni!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri ham iliq taassurotlarga boy bo‘ldi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Nafisaxon Elchiyeva hamda O‘zLiDeP siyosiy Kengashi mas’ul xodimi Barnoxon Abdullayevalar partiya bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida ish olib borayotganini hamda saylovoldi dasturi ham shu asosda ishlab chiqilayotganini alohida ta’kidladilar.

Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Qilichbek Tojiyev,  To‘lqinjon Haydarov, Dilfuza Ismoilova hamda boshqa estrada xonandalari tomonidan kuylangan diltortar qo‘shiqlar yurtdoshlarimizga manzur bo‘ldi.

Tadbirlar doirasida partiyaning amalga oshirayotgan ishlari ham fuqarolarga etkazilmoqda.

Shohsulton To‘xtamatov,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot kotibi

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50