Obuna bo`ling!
USD9384.00
EUR10393.72
RUB140.14
Sayyor qabulda mahallaning ichimlik suvi muammosi hal etildi
Aug 13, 2019
32

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida endilikda xalq qabulxonalari, sektor rahbarlarining aholi muammolari bilan ishlashi yangi strategiya va tizim asosida tashkil etilmoqda.

Bunda aholi bilan muloqot yangicha yondashuv – davlat idoralarining bevosita birinchi rahbarlari eng og‘ir, eng chekka, eng olis hududlarga chiqqan holda mahallama-mahalla, ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rganish yo‘lga qo‘yildi.

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Yu.Nasimdjanov ham viloyat markazidan 30-35 kilometr uzoqlikda bo‘lgan Yozyovon tumanidagi Xonobod, Suvliariq, Soyyoni kabi mahallalarga tashrif buyurdi. Bu haqda Vodiy24 ga Farg‘ona DSB matbuot xizmati xabar berdi.

U yerdagi chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, kam taʼminlangan, turmush garoiti og‘ir, nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi. Ularni bilan bugungi kunda qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan suxbat o‘tkazildi hamda “Qurbon hayiti” munosabati bilan turli oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shuningdek, shu kunning o‘zida 4-sektor rahbari tomonidan ommaviy sayyor qabul ham o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 35 nafar fuqarodan 41 ta yozma murojaat kelib tushdi. 16 ta murojaatda ko‘tarilgan muammolar shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, bittasiga zarur tushuntirish berildi, qolgan 24 ta murojaatni atroflicha o‘rganib, bartaraf etish yuzasidan tegishli va muassalar tomonidan chora-tadbirlar belgilanib, nazorat ostiga olindi.

Men ichimlik suvi masalasida murojaat qilgandim, – deydi Xonobod MFYda yashovchi Mamasiddiq Meliev. – Muammo shundaki, ko‘p yillar oldin bizning mahallaga o‘rnatilgan suv nasosi ancha eskirib qolgan, shu tufayli, aksariyat xonadonlarga ichimlik suvi yetib bormaydi. Mahalla ahli uni almashtirish bo‘yicha bir necha bor tegishli idoralarga murojaat qilgandi, lekin erta-indin qilamiz deb cho‘zib kelishayotgandi. Bugun 4-sektor qabulida mana shu masalani ko‘targandim, ijobiy hal etildi. “Suvsoz” DUK ning Yozyovon filiali tomonidan bugunning o‘zida yangi nasos keltirildi va kechgacha nasosni to‘liq ishga tushurishni rejalashtiryapmiz.

Аlbatta, yuqoridagi kabi masalalar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda, muhimi ularda ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etilmoqda.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50