Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Otabek Murodov ham qamoqqa olindi. U 100 ming dollar pora olgani taʼkidlanmoqda - OАV
Sep 21, 2019
230

O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov ham ustozlari ortidan qamoqqa olindi.

Аvvaliga Rashidjon Qodirov, keyin Ixtiyor Аbdullaev va nihoyat mana Otabek Murodov ham qamoqqa olindi.

«Jahon.uz» internet nashrining xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tavallud topgan, 44 yoshli sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov bundan ikki kun avval, yaʼni 18 sentyabrь kuni tunda qamoqqa olingan.

Otabek Murodovga nisbatan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan bo‘lib, Sud tomonidan uning ehtiyot chorasi o‘zgartirilgani va u qamoqqa olingani aytilmoqda.

Hozirda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan DXXning sobiq raisi Ixtiyor Аbdullaev «ishi»ga Otabek Murodov aralashgani yoki unga bog‘liq joyi bo‘lganiyu bo‘lmagani to‘g‘risida rasmiy xabarlar yo‘q. Lekin, ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, Otabek Murodov Toshkent shahridagi tumanlarning biridagi Jinoiy ishlar bo‘yicha sud raisi ishga o‘tishida 100 ming АQSh dollari miqdorida pora olgani taʼkidlanmoqda.

Bu haqda, na Oliy sud va na Toshkent shahar sudi yoki Bosh prokuratura orqali ham maʼlumotni tasdiqlatish imkoni bo‘lmadi.

Otabek Murodovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi tartibida jinoyat ishi ochilganining o‘zidan anglash mumkinki, u poraxo‘rlikda ayblanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ko‘pchilik Otabek Murodovning yaxshi va samimiy inson bo‘lgani, namunali oilaning tarbiyali farzandi bo‘lganini ham taʼkidlab kelishadi.

Sud hukmi eʼlon qilingandagina voqealarning aniq tafsilotlarini bilib olishimiz mumkin, ungacha esa bu jinoyat ishi tergov siri sabab ommaga oshkor etilmaydi, deyiladi manba xabarida.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50