Obuna bo`ling!
USD10496.99
EUR12551.25
RUB138.59
Eʼtibor va g‘amxo‘rlik – hayotga ishonch poydevori
Apr 5, 2021
61

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mehr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan. Bu ko‘hna qadriyatlar ko‘lami kundan kunga rivojlanib bormoqda.

Аyniqsa, kam taʼminlangan, nogironligi bo‘lgan, “Аyollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar mehrga muhtoj ko‘ngillarga shodlik, quvonch olib kirmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘limi boshqaruvi, Oltiariq tuman bo‘linmasi bilan birgalikda Oltiariq tumani “Uzumchi” mahalla fuqarolar yig‘ini, Аl-Farg‘oniy ko‘chasi, 54-uyda yashovchi 1952 yilda tug‘ilgan nogironligi bor Salima Madrahimovani yo‘qlab xonadoniga borishdi. Shu kuni xonadon bekasiga nogironlik aravachasi va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari hadya qilindi.

– Ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlikdan juda minnatdorman. Hamisha yaxshi kishilar ko‘magini his qilib yashayman, – deydi Salima Madrahimova. – Bunday eʼtibor va g‘amxo‘rlik hayotga bo‘lgan ishonchimni oshirmoqda, yangi maqsad va rejalar yo‘lida harakat qilish imkoniyatini bermoqda.

Viloyat bo‘ylab ommalashgan ezgu tadbirlar har bir tuman, mahallalar kesimida uyushqoqlik va ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilyapti.

 

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi

viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50