Obuna bo`ling!
USD10642.43
EUR12662.36
RUB145.69
Telefonida pornografiya ko‘rganlarga jarima solinadimi? IIV rasmiy javob berdi
Feb 26, 2020
3647

So‘nggi kunlarda telefonida pornografik xarakterdagi foto va video ko‘rganlarga “O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limidan bildirishnoma” sarlavhasi ostida xabar kelmoqda.

Unda “Webmoney” elektron to‘lov tizimi orqali davlat hisobiga 200 ming, ba’zi hollarda 300 ming so‘m jarima to‘lashi kerakligi haqidagi xabarlar tarqatilmoqda. 

Ushbu holat yuzasidan IIV matbuot xizmati rasmiy izoh berdi. Ma’lum bo‘lishicha, IIVda Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limining o‘zi mavjud emas. Unday SMSlar firibgarlar tomonidan yuborilmoqda. Shuningdek, “Webmoney” to‘lov tizimida IIVning hech qanday hamyoni mavjud emas. 

Shulardan kelib chiqib, vazirlik fuqarolardan bunday firibgarlarga aldanib qolmaslikni tavsiya qilib, holat bo‘yicha hozirda surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50