Obuna bo`ling!
USD10642.43
EUR12662.36
RUB145.69
«Tokio — 2020»ga boradigan o‘zbekistonlik sportchilar nomi ma’lum qilindi
Jul 12, 2021
86

Ayni paytga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi ma’lum. MOQ Tokio-2020 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi barcha atletlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Sportchilarimiz o‘z yo‘nalishlariga qarab 2017 yildan to shu kecha kunduzga qadar Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun bir-biridan murosasiz musobaqalarda bahs olib borishdi. Yakunda delegatsiyamiz kunchiqar yurtda o‘tadigan mazkur Olimpiadaga sportning 17 turida 71 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Quyida litsenziat sportchilarimizni tanishtiramiz:

Boks (11 ta):

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

-51 kg: Tursunoy Rahimova

-60 kg: Rayhona Qodirova

-69 kg: Shahnoza Yunusova

 

Erkin kurash (4 ta):

-57 kg: G‘ulomjon Abdullaev

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov

-86 kg: Javrail Shapiev

-97 kg: Magomed Ibragimov

 

Yunon-rum kurashi (4 ta):

-60 kg: Elmurat Tasmuradov

-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov

-87 kg: Rustam Assakalov

-130 kg: Mo‘minjon Abdullaev

 

Taekvondo (4 ta):

-68 kg: Ulug‘bek Rashitov

-80 kg: Nikita Rafalovich

-67 kg: Nigora Tursunqulova

+67 kg: Svetlana Osipova

 

Og‘ir atletika (4 ta):

-67 kg: Adhamjon Ergashev

-109 kg: Akbar Jo‘raev

-55 kg: Muattar Nabieva

-76 kg: Kumushxon Fayzullaeva

 

Qilichbozlik (3 ta):

Shpaga, ayollar: Malika Hakimova

Sablya, ayollar: Zaynab Dayibekova

Sablya, erkaklar: Sherzod Mamutov

 

Yengil atletika (7 ta):

Balandlikka sakrash, ayollar: Svetlana Radzivil

Balandlikka sakrash, ayollar: Safina Sadullaeva

Bosqon uloqtirish, erkaklar: Suhrob Xo‘jaev

Uzunlikka sakrash, ayollar: Darya Reznichenko

Uch hatlab sakrash, ayollar: Roksana Xudoyorova

Uch hatlab sakrash, erkaklar: Ruslan Kurbanov

Ko‘pkurash, ayollar, Yekaterina Voronina

 

Dzyudo (11 ta):

-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev

-66 kg: Sardor Nurillaev

-73 kg: Hikmatilloh To‘raev

-81 kg: Sharofiddin Boltaboev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov

+100 kg: Bekmurod Oltiboev

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-63 kg: Farangiz Hojieva

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

 

Aralash jamoaviy musobaqa

Suzish (2 ta):

100 m, erkin suzish: Xurshidjon Tursunov

100 m, brass: Yulduz Qo‘chqorova

 

Kanoeda eshkak eshish (4 ta):

C-2 500 metr: Dilnoza Rahmatova

C-2 500 metr: Nilufar Zokirova

C-1 200 metr: Dilnoza Rahmatova

C-1 200 metr: Nilufar Zokirova

 

Akademik eshkak eshish (2 ta):

LMX2X, 2000 metr: Sobir Safaraliev

LMX2X, 2000 metr: Shahboz Xolmirzaev

 

Sport gimnastikasi (2ta):

Yakkalik dastur: Rasuljon Abdurahimov

Yakkalik dastur: Oksana Chusovitina

 

Badiiy gimnastika (6 ta)

Ko‘pkurash: Sabina Tashkenbaeva

Guruh mashqi: Nilufar Shomurodova

Guruh mashqi: Kseniya Aleksandrova

Guruh mashqi: Dinara Ravshanbekova

Guruh mashqi: Sevara Safoeva

Guruh mashqi: Kamola Irnazarova

 

O‘q otish sporti (2 ta):

10 m, miltiq: Muxtasar Tohirova

50 m, miltiqdan 3 holatda: Muxtasar Tohirova

 

Velosport (2ta):

Guruh poygasi, erkaklar: Murodjon Xolmurodov

Guruh poygasi, ayollar: Olga Zabelinskaya

 

Zamonaviy beshkurash (2ta):

Yakkalik, erkaklar: Aleksandr Savkin

Yakkalik, ayollar: Alise Faxrutdinova

 

Tennis (1 ta):

Yakkalik, erkaklar: Denis Istomin

 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50