Obuna bo`ling!
USD10777.04
EUR12140.34
RUB142.21
“VATANPARVAR”ga – 30 yil!
Nov 19, 2021
48

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining 30 yilligi bayrami munosabati bilan 19 noyabr kuni “Vatanparvar” tashkiloti Farg‘ona viloyat kengashi binosida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyat kengashi binosi hududida sport texnikalari, inventarlari hamda modellar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirga umumta’lim maktablari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, uyushmagan yoshlar, Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi kursantlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari jalb etildi. Tadbirda 500 dan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.

Sport murabbiylari va sportchilar tomonidan yoshlarga sportning texnik va amaliy turlaridan mavjud to‘garaklar faoliyati, sport texnikalari va inventlari bo‘yicha kerakli ma’lumot va tushunchalar berildi.

Farg‘ona garnizoni “Ma’naviyat-ma’rifat markazi”ning harbiy orkestri tadbirda ishtirok etib, ishtirokchilarga o‘zlarining kuy va qo‘shiqlarini namoyish qildilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil etilganining 30 yilligi bayrami munosabati bilan Markaziy kengashi raisining tashkilot xodimlari hamda faxriylariga bayram tabrigi viloyat Kengashi raisi M.Mirzaev tomonidan o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng “Vatanparvar” tashkiloti tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan bir qator tashkilot faxriylari, xodimlari, sportchilar hamda hamkor tashkilot vakillariga tashkilot Markaziy kengashining hamda viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari, pul mukofotlari, “Vatanparvar” tashkilotiga – 30 yil” esdalik belgilari tantanali ravishda topshirildi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50