Obuna bo`ling!
USD9526.28
EUR10329.35
RUB148.82
Xitoy Pompeoning O‘zbekistonda aytgan so‘zlariga keskin javob qaytardi
Feb 5, 2020
140

Pompeoning Yevroosiyo mamlakatlariga uyushtirgan turnesi badniyat ig‘volarga va tuhmatga asoslangan va uning Xitoyga bo‘lgan shaxsiy adovati va soxta fikrlarini to‘liq fosh qildi.

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifidan so‘ng Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘z rasmiy saytida keskin bayonot e’lon qildi.

“Xitoyga tuhmat qilish va Xitoy hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida munosabatlarni darz ketkazishga urinish mag‘lubiyatga ro‘baro bo‘ladi”, deyilgan bayonot kirish qismida.

Elchixona 3-fevral kuni o‘tkazilgan brifingda Maykl Pompeo omma oldida o‘zbekistonlik hamkasbi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan Xitoy ichki ishlarini muhokama qilish niyatida ekanligini aytganini keltirib o‘tgan.

“Uning yolg‘onni qalashtirib, har qanday holatdan Xitoyni qoralash maqsadida foydalanishi bizni taajjubga solmaydi. Bu mavzu muhokama qilingan yoki muhokama qilinmaganidan qat’i nazar, aminmizki, barcha tomonlar bizning Pompeoning harakatlari va shantajiga nisbatan bo‘lgan jirkanishimizga qo‘shiladi. Pompeoning Yevroosiyo mamlakatlariga uyushtirgan ushbu turnesi badniyat ig‘volarga va tuhmatga asoslangan va uning Xitoyga bo‘lgan shaxsiy adovati va soxta fikrlarini to‘liq fosh qildi. Pompeo amalda dunyodagi muammolarning tashabbuskori ekanligini yana bir bor isbotladi. Ming marta aytilsa ham, yolg‘on hech qachon haqiqatga aylanmaydi. Xitoyga tuhmat qilishga, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga putur etkazishga bo‘lgan har qanday urinish mag‘lubiyatga ro‘baro bo‘ladi. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi. 2020 yil 3 fevral”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Maykl Richard Pompeoni qabul qilgan edi. 

(Manba: effekt.uz)


Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50