Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
“Strongium Sink” o‘quvchilarga tarqatildi
Feb 19, 2021
45

2021-yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasining navbatdagi xayriya tadbiri “Jurabek Laboratories” MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Qariyb 20 mln. so‘m qiymatdagi 20 000 dozadagi “Strongium Sink” biologik aktiv qo‘shimcha to‘plamlari beg‘araz yordam sifatida Farg‘ona viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi maktablardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun xayriya qilindi.

Bundan tashqari, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi va Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan yoshlar masalalari va tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum imzolashdan asosiy maqsad, Bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish va profilaktikasi, jismoniy rivojlanish, sport bilan shug‘ullanish masalasiga tegishli qonunlar, qarorlar va boshqa huquqiy hujjatlar tayyorlash jarayonida birgalikda takliflar ishlab chiqish hamda ularning tasdiqlanishiga erishishda birgalikda faoliyat olib borishdir.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50