Obuna bo`ling!
USD9384.00
EUR10393.72
RUB140.14
Mustaqilligimizning 28 yilligi bayrami «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori ostida o‘tkaziladi
Jul 11, 2019
1195

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan davlat mustaqilligining 28 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Respublika komissiyasiga bir hafta muddatda «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Madaniyat vazirligiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari uchun «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazish:

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda «Eng ulug‘, eng aziz», «Ranglar jilosida – ona diyor», «Vatan uchun yashaylik!» kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlarni yuqori darajada o‘tkazishni ta’minlash yuklatildi.

Bayram tadbirlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50