Obuna bo`ling!
USD10414.86
EUR12344.73
RUB136.69
Matyoqub Matchonov qamalishiga sabab bo‘lgan “nasha ishi” va “Toshturma”dagi kunlari haqida (video)
Jun 15, 2020
332

Matyoqub Matchonov suhbat davomida tuhmat bilan qamalishiga sabab bo‘lgan voqea va “Toshturma”da o‘tkazgan kunlari haqida gapirib berdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov “Daryo”ga intervyu berdi.

Tuhmat bilan qamalganman. Shuhrat G‘ulomov degan odam bo‘lar edi. O‘sha vaqtlarda MXXda Rustam Inoyatovdan keyingi odam edi. Shu odamning tashabbusi bilan to‘rt oy o‘tirib chiqdim.

Nimaga degan savol tug‘iladi. Shuhrat G‘ulomov biznesdagi sherigimning o‘g‘li bilan nimagadir qasdlashib qolgan ekan. U bola shirkatimizning nomiga olingan mashinani haydab yurardi. Uni qamoqqa olish uchun o‘sha mashinaning ichiga 3,5 kilo nashani solib qo‘yishgan. O‘sha vaqtlarda Shuhrat G‘ulomov boshchiligidagi MXX xodimlari bunaqa ishlarga usta edi. Mana hozir o‘sha odam bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shu odamning tashabbusi bilan kirib ketganman.

Shu voqeadan keyin o‘sha bolani, so‘ng uni dadasini tiqishdi. Meni ham bir-ikki marta tergovga chaqirishib, shirkat siznikimi, deyishdi, ha, meniki, dedim. Shundan so‘ng hech nima demasdan arafa kuni meni ham Gvardeyskiy degan joyga tiqib qo‘yishdi. Bir yarim oy Gvardeyskiyda o‘tirdim, ikki yarim oy “Toshturma”da o‘tirdim. Keyin umrlari uzoq bo‘lsin, Prezident kelganlaridan keyin bizni chiqarib yuborishdi. Meni qamatgan odam esa bir umrga qamalib ketdi. “Hey baraka topgur, meni aybim nima?”, deb so‘raganimda “Ha siz ‘neto’ odam bilan sherik bo‘lgansiz”, deyishardi.

MXX yaxshi emas, buni hamma biladi, chunki odamni psixologik ezishar edi. Odam sifatida muomala qilinmas edi. U odamga umrbod qamoq jazosi nimaga berildi, bitta u emas, butun jamoasi qamalib ketdi. Jinoyatchini jinoyatchi yoki jinoyatchi emasligini sud hal qiladi, alohida bitta shaxs emas. Tergovda gumonlangan odam ushlab turiladi, gumonlanuvchi hali jinoyatchi degani emas. Lekin ular gumonlanuvchiga ham jinoyatchidek muomala qilishar edi.

“Toshturma” butunlay boshqacha edi. Hatto militsiya xodimlari bilan do‘stlashib ham qoldik, ular menga juda ham achinishar va hamisha dalda berishar edi. U yerda hamma tuhmat bilan qamalganimni bilardi, chunki hech kimni aldab bo‘lmaydi. Hamma qanday modda bilan qamalganingni biladi, 243-modda bor — jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni legallashtirish degan narsa edi. Hozir bu modda olib tashlandi, chunki bu Shuhrat G‘ulomovni tashabbusi bilan o‘ylab topilgan, ya’ni biznesmen va tijoratchilarni mol-mulkini musodara qilib, talon-toroj qilib olib qo‘yish uchun o‘ylangan modda edi. Hozir bu narsa olib tashlangan, deb eshitdim.

Jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk? Men qanday jinoyat qildim? Biror davlat tashkilotida ishlamagan tadbirkor odam bo‘lsam, o‘zimning cho‘ntagimdagi pulni o‘zim o‘g‘irlamayman-ku.

Hammasi o‘tgani rost bo‘lsin. Nasibamiz bor ekan-da o‘sha yerlarda ham.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50