Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
«Vahima qilishning keragi yo‘q». IIBB Telegram’da tarqalgan xabar yuzasidan tekshiruv boshladi
Oct 8, 2019
139

Telegram messenjerida maktab o‘quvchilarining onalari bir birlariga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabarni ulashishmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga (“Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari”) muvofiq, IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan. 

Hozirgi vaqtda dastlabki tergov tekshiruvlari olib borilmoqda, ushbu xabarlarni tarqatuvchi Telegram kanalidagi guruh ishtirokchilari so‘roq qilinmoqdalar.

Tezkor chora ko‘rilishi uchun barcha fuqarolardan huquqbuzarliklar haqidagi to‘g‘ri ma'lumotlarni 102 raqamiga, yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga yoki hududiy profilaktika inspektoriga, maktab direktoriga xabar qilish so‘ralgan. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda va guruhlarda shov-shuv ko‘tarib, vahima qilishning keragi yo‘q”, - deyiladi IIBB xabarida. 

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50