Obuna bo`ling!
USD9384.00
EUR10393.72
RUB140.14
Xalqaro hunarmandchilik festivalida 73 mamlakatdan 500 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etish taklifini bildirdi
Aug 6, 2019
109

Qo‘qon shahridagi “Baxt uyi” tantanalar saroyi festivalning matbuot markazi sifatida tanlangan. Bu yerda mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlarining ma’lumot uzatishlari uchun zamonaviy kompyuterlar, yuqori tezlikdagi Wi-Fi zonasi, Qo‘qon hunarmandchiligi aks etgan burchak tashkil etilgan.

Bugun ilk marta festival oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Xalqaro hunarmanchilik festivalini yoritishda mamlakatimizning barcha hududlari va chet eldan keladigan 150 dan ortiq televidenie, radio, gazetalar va internet nashrlarining jurnalistlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayi kunlarda ko‘hna kentda bu yirik xalqaro festival tadbiriga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Matbuot anjumanida Qo‘qon shahar hokimi ta’kidlaganidek, shahar ahli katta shodiyonaga tashrif buyuradigan mehmonlarni o‘ziga xos tarzda kutib olishga alohida hozirlik ko‘rayotir. Jumladan, 5 qit’adan 200 dan ortiq xunarmandlar 24 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etadi. Shu kunga qadar 170 nafar qatnashish istagidagi hunarmandlarga yo‘l chiptalari yuborilgan.

Festival dasturiga binoan, xorijiy va mahalliy hunarmandlarning ko‘rgazma-savdosi, ko‘rik-tanlovi, mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiya hamda folklor-etnografik guruhlarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Turli xalq o‘yinlari, teatr tomoshalari, an’anaviy kurash, chavandozlik, qo‘g‘irchoqbozlar hamda mahalliy dizaynerlarning moda namoyishlari, palov tayyorlash, o‘zbek an’anaviy musiqa va raqs konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Dasturga ko‘ra, O‘rda maydonida festivalning rasmiy ochilish va yopilish marosimi, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi hamda xalq sayllari, qo‘g‘irchoqbozlik, dorbozlar va folklor jamoalari, viloyatlar madaniyat boshqarmalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari namoyish etiladi, osh tanlovlari o‘tkaziladi. 

Festivalga qadar 200 dan ortiq turizm navigatsiyasi belgilari, 162 kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. Qo‘qon shahrining “Istiqlol”, “Charxiy”, “Turon”, ko‘chalari, Ozodlik, O‘rda xiyoboni kabi barcha ko‘cha va mahallalarda o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. 

         Ko‘hna kentda Xudoyorxon o‘rdasi, Jome’ masjidi, Norbo‘tabiy va Sohibzoda Hazrat madrasalari, Modarixon dahmasi va Dahmai shohon kabi 62 madaniy meros obyektlari mavjud,deydi Birinchi xalqaro hunarmandchilik festivali matbuot Markazi rahbari Sobir Shukurov. Festivalga tayyorgarlik ishlari jarayonida har bir madaniy meros obyekti bo‘yicha turli tillarda bukletlar tayyorlandi. Tashrif buyuruvchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tayyorgarlik jarayonida shaharda shu yilning avgustiga qadar 10 yangi mehmonxonalar foydalanishga topshiriladi. 5 mehmonxona kapital rekonstruksiyadan chiqarilmoqda. Festival markazi Xudoyorxon o‘rdasida mukammal ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetkazilish arafasida.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Qo‘qon shahriga yaqinda “Jahon hunarmandlari shahri” unvoni berildi. Jahon hunarmandlari shahri unvoni 2014 yildan buyon dunyodagi 30 shahar sazovor bo‘lgan xolos. Qo‘qon shahri ushbu unvonga loyiq topilgan o‘ttiz birinchi va MDH davlatlari orasidagi birinchi shahar bo‘ldi.

Ilk marta xalqaro festival oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Elyorjon EHSONOV

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50