Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Xalqaro hunarmandchilik festivali boshlandi
Sep 11, 2019
53

Ayni kunlarda Qo‘qon shahrida birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalda respublikamizning 153 tumanidan hunarmandchilikning 34 yo‘nalishi bo‘yicha 1 116 nafar hunarmand va 87 nafar tashkilotchilar qatnashmoqda. Shuningdek, 78 ta davlatdan hunarmandchilikning 29 ta yo‘nalishi bo‘yicha 191 nafar xorijlik hunarmandlar tashrif buyurgan. Shu bilan birga, faxriy mehmon sifatida 38 nafar yuqori martabali xorijlik davlat arboblari va olimlar ishtirok etishi kutilmoqda.

E'tiborli jihati, Jahon hunarmandchilik Kengashining 2019 yilning 23 iyulidagi qaroriga ko‘ra, Qo‘qon shahriga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha Hunarmandchilik shahri maqomi berilgan. Shu kungacha jahonning turli mamlakatlaridagi 35 ta shahar mazkur maqomga sazovor bo‘lgan. Qo‘qon shahri MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib ushbu ro‘yxatga kiritildi.

Xalqaro hunarmandchilik festivali 15 sentyabrga qadar davom etadi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50