Obuna bo`ling!
USD9411.30
EUR10421.13
RUB146.51
Xalqaro festivalga barcha birdek tayyorgarlik ko‘rmoqda
Sep 8, 2019
97

Qo‘qon shahrida o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro xunarmandchilik festivalida 76 davlatdan 340 nafar mehmon, hunarmandlar ishtirok etadi.

Festivalning asosiy tadbirlari shahardagi O‘rda maydonida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu yerda sahna va bir paytning o‘zida 1800 kishini sig‘dira oladigan mamlakatimizdagi eng yirik ko‘chma amfiteatr barpo etilgan. Аyni kunlarda so‘ngi tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Festival dasturiga ko‘ra, xorijiy mehmonlar va ishtirokchilar 12 ta madaniy meros obʼektlari, 20 dan ortiq Qo‘qon milliy hunarmandchiligi namoyondalari uy ustaxonalariga tashrif buyurishi kutilmoqda.

– Taʼkidlash joizki, Xalqaro festivalda xorijlik mehmonlar bilan birgalikda 29 yo‘nalish bo‘yicha Respublikamizning 153 tumanidan 1 ming 116 nafar hunarmand va 87 nafar tashkilotchilar ham ishtirok etadi, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Raʼno Boyqo‘zieva. – Uyga mehmon kelsa, tayyorgarlik ko‘ramiz. Mehmonni ko‘nglini olishga urinamiz. Bo‘lajak festival ham biz mezbonlar uchun mehmon oldidagi bir imtihon deb bilaman.

Jumladan, festivalga xorijdan kasbdoshlarimiz yoki shu soha vakillari ham sayyoh sifatida kelishlari ehtimoldan yiroq emas.

Shuning uchun ham shundoqqina katta yo‘l yoqasidagi Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazining old fasad qismini ham festival ruhiga monand tayyorladik.

Bundan tashqari, festival davomida viloyatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylarini ko‘rsatish maqsadida belgilangan alohida marshrutdan o‘rin olgan Rishton tumani hamda Marg‘ilon shahridagi markazlarimizni ham tayyorgarlik jarayonlarida eʼtibordan chetda qoldirmadik. Mukammal tayyorgarlik ishlarini olib bordik. O‘ylaymanki, festivalning yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishida biz ham o‘zimizning kerakli xissamizni qo‘shamiz.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50