Obuna bo`ling!
USD10588.01
EUR12881.37
RUB146.62
DXM xodimlari bolajonlar huzurida
May 31, 2021
64

Аlbatta, bola, bu – dunyo, hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.

Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etilib, tizimda ishlayotgan 102 nafar ko‘p farzandli, yoshi ulug‘ nuroniylari bor va eʼtibortalab oilalar vakillariga ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan turli xildagi mahsulotlar yetkazib berildi.

– Bu kabi tadbirlar Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan har yilgi anʼana, – deydi DXА viloyat hududiy boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi Аbdunabi Ergashev. – Bu yil ham tizimda ishlayotgan va ko‘p farzandli oila vakillari bo‘lgan xodimlar birlamchi o‘rinda eʼtiborga olinib, ularga zarur vositalar 11 xil turdagi mahsulotlar taqdim qilindi.

 Xayrli tadbir Farg‘ona shahrida joylashgan 1-sonli bolalar uyida davom etdi. DXА viloyat boshqarmasi tizimidagi arxivariuslar hamda shahar Davlat xizmatlari markazi vakillari tashrif buyurishib, bolajonlar ehtiyojiga zarur bo‘lgan gigienik vositalar taqdim qilishdi.

Navbatdagi manzil Farg‘ona shahridagi 3-bolalar shifoxonasi bo‘ldi. Boshqarma vakillari bu yerda davolanayotgan 300 ga yaqin bemor farzandlarga o‘yinchoqlar hamda o‘quv qurollari hadya qilishdi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50