Obuna bo`ling!
USD10517.12
EUR12661.56
RUB141.85
Xayr-saxovat – dillarga malham
Feb 19, 2021
37

Qiynalgan damlarda suyanchiq bo‘lish, amaliy yordam, mehr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan. Bu qadim anʼanalar kundan kunga bardavom bo‘lib, ijtimoiy yordamga muhtoj kishilar ko‘nglini ko‘tarmoqda.

Uchko‘prik tumanida istiqomat qilayotgan Dilorom Toshboltayeva nogiron, topgani ro‘zg‘ordan ortmaydi. Kundalik hayotda biroz qiyinchilikka uchradi. Shu bois yaxshilardan amaliy yordam so‘radi.

 Kuni kecha viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi bo‘lim boshqaruvi raisi B.Yulbarsov boshchiligida bir guruh mutasaddilar uning xonadonida bo‘lib ko‘ngil so‘radi, amaliy yordam ko‘rsatdi.

Uning ikki nafar farzandlari uchun issiq kiyim-kechak, sakkiz turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va 200 ming so‘m naqd pul oila ehtiyojlari uchun beminnat berildi.

Tuman IIB boshlig‘i А.Mavlonov tomonidan fuqaro yashab turgan 4 sotixdan iborat uyning kadastr hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam berish va tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Jo‘rayeva tomonidan fuqaroni yashab turgan xonadoniga doimiy ro‘yxatga qo‘yish va shu orqali “Аyollar daftari”ga kiritib, mavjud muammolariga ijobiy yechim topishga ko‘maklashish yuzasidan tushunchalar berildi.

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat

 bo‘lim boshqaruvi matbuot xizmati.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50