Obuna bo`ling!
USD10173.38
EUR11411.48
RUB145.97
Xitoy faqat koronavirus ustidan g‘alaba qildimi?
Mar 24, 2020
179

Avvaliga barchasini shunchaki o‘quv trevogasi deb yozishgandi...

Shu kunlarda butun dunyo oyoqqa turgan. Hamma koronavirus bilan birdamlikda kurashyapti. Ammo taniqli ekspert Yaroslav Bixovskiyning masalaga yondashuvi boshqacha. U o‘latdan so‘nggi uch oyda Xitoy davlati nima foyda ko‘rdi, deya savol qo‘yadi va o‘z fikrlarini quyidagicha bayon etadi: 

1. Xitoy — zamonaviy biologik urushga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib oldi. Butun dunyoga master-klass ko‘rsatdi hamda Xitoyga qarshi qaratilgan xatti-harakat yaxshi samara bermasligini amalda isbotladi.

2. Aholini qisqa muddatda va samarali qayta ro‘yxatdan o‘tkazdi.

3. Raqamli diktaturani kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlar va barcha kommunikatsiya tizimini nazoratiga oldi.

4. Kim kim bilan aloqada bo‘ldi, kim bilan bir vagonda ketdi, kim bilan gaplashdi, hammasini aniqlay oldi.

5. Nolegallarni aniqladi va barchasini mamlakatdan chiqarib yubordi.

6. Xorijliklarning aksariyatini "yumshoqlik" bilan o‘lkadan chetlashtirdi. Ya’ni ularning o‘zlari evakuatsiya qilinishlarini xohlashdi. Qolganlari esa nazoratga olindi.

7. Butun mamlakatni ommaviy va tezkorlik bilan bloklash mexanizmini ishlab chiqdi.

8. Yer yuzi aholisiga Xitoy nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. 1,5 milliard odamning barchasiga niqob taqtirib, barchani karantinda ushladi, bir haftada mega shifoxonani qurib bitkazdi.

9. Butun mamlakat gigiyenaga qanday rioya qilishni o‘rgandi.

10. Yovvoyi hayvonlarni iste’mol qilish oddiy hol bo‘lgan ko‘plab provinsiyalarda buni qonun yo‘li bilan taqiqlashga erishdi.

11. Butun jahon Xitoyga naqadar bog‘liq bo‘lib qolganligini amalda ko‘rsatdi.

12. Dunyo inqiroziga olib keladigan ishlab chiqarish zanjirini muzlatib qo‘ydi.

13. Politsiya va umuman xizmatlarda ommaviy ravishda dronlar va avtomatlashgan kuzatish vositalarini amaliyotga tatbiq qildi.

14. Niqob taqib yurgan odamning yurishiga qarab ham videokameralar shaxsini aniqlashtirish yo‘lini topdi.

 15. Gongkongdagi norozilik namoyishlarini to‘xtatib, Xitoy hukumatining ta’sirini kuchaytira oldi.

16. Eng muhimi: hozircha butun dunyo shu inqiroz bilan kurashib turgan pallada Xitoy pandemiya vaziyatidan allaqachon chiqib, quyidagilarni amalga oshirmoqda:

 - arzonlashayotgan aktivlarni sotib olmoqda;

 - kuchsiz davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali o‘z global ta’sirini kengaytiryapti.

 - neft narxining tushishini “o‘yin” qilmoqda.

 

(Manba: platforma.uz)

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50