Obuna bo`ling!
USD10642.43
EUR12662.36
RUB145.69
Yolg‘iz onaga doimiy daromad manbai yaratildi
Jul 15, 2021
93

Xalqimiz azal-azaldan mehr-oqibatli xalqdir. O‘zbek millati uchun bu fazilat o‘ta milliy qadriyat. Hech bir millat farzandi ota-onasiga o‘zbek bolasidek mehr-muruvvatli, oqibatli bo‘la olmaydi. Yakka-yolg‘iz faxriylarga, nogironlarga, serfarzand oilalarga, ko‘makka muhtoj boshqa fuqarolarga hurmat-e’tibor va xayr-saxovat ko‘rsatish bugungi yangilanayotgan O‘zbekistonda davlat miqyosidagi an’analar safidan mustahkam joy olmoqda.

Ushbu xayrli ishlarga «Mahalla» xayriya jamoat fondi Beshariq tumani bo‘linmasi ham baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Beshariq tumani bo‘linmasi tomonidan Beshariq tumani Pastki Yangiqo‘rg‘on MFYda yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaro Rahmonova Havoxonning holidan xabar olindi.

Bu fuqaroning turmush o‘rtog‘i vafot etgan, xonadonida yolg‘iz yashaydi, bir nafar qizi Toshkent shahrida istiqomat qiladi.  Rahmonova Havoxonga  «Mahalla» xayriya jamoat fondi Beshariq tumani bo‘linmasi tomonidan tikuv mashinasi olib berildi va shu orqali bir oilaning bandligi ta’minlandi. Havoxon opa ushbu xayrli ishlardan mamnunligini bildirib, kelgusida uyida oilasiga daromad olib kelish sharoiti yaratilganligidan xursandligini yashirmadi. Shuningdek, ushbu xonadonga  6 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ham berildi.

Tadbirda «Mahalla» xayriya jamoat fondi Beshariq tumani bo‘linmasi  raisi T.Mahkamov, “Beshariq tongi” gazetasi bosh muharriri S.Temirov, Pastki Yangiqo‘rg‘on MFY raisi N.Umarov va boshqalar ishtirok etishdi.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50