Obuna bo`ling!
USD9526.28
EUR10329.35
RUB148.82
2020-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi, ayrim dam olish kunlari ko‘chirildi
Nov 15, 2019
247

2020-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta’minlash maqsadida Prezident farmoni imzolandi, deb xabar beradi O‘zA.

Farmonga ko‘ra, 2020-yilda 23-mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

2020-yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi:

  • 4-yanvar – shanba 2-yanvar – payshanbaga;
  • 29-avgust – shanba 31-avgust – dushanbaga.

Bundan tashqari:

  • 2020-yil 2-yanvar payshanba va 2020-yil 31-avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi;
  • budjet tashkilotlarida ushbu farmonning 1-bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini bir ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;
  • har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni qo‘shiladi;
  • har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak;
  • budjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu farmonning 1-bandiga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni mehnat ta’tiliga qo‘shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.

Shuningdek, farmonda ta’kidlanishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Uzbekistan Airways AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilishini hisobga olgan holda respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yo‘nalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etishi lozim.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50