Obuna bo`ling!
USD10315.62
EUR12210.60
RUB136.28
Yangi uyning mashmashalari tugaydimi
Aug 14, 2020
81

Kamchiliklarning birini tugatsa, ikkinchisi chiqaverdi – hali eshik-romlar, hali devor bo'yoqlari…

Farg‘ona shahrida yashovchi R.I. milliy gvardiya xodimlari uchun 2019 yilda qurib foydalanishga topshirilgan ko'p qavatli uyni qayta-qayta ta'mirlayverib charchadi. Kamchiliklarning birini tugatsa, ikkinchisi chiqaverdi – hali eshik-romlar, hali devor bo'yoqlari…

Iste'molchilik huquqlari poymol etilayotganligi bo'yicha Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Farg'ona viloyati hududiy tuzilmasiga murojaat qildi. To'g'ri-da, atigi bir yilgina yashagan uyi shu ahvolga kelsa.

Hududiy tuzilma tomonidan iste'molchining murojaati tezkorlik bilan o'rganib chiqildi hamda sifatsiz xizmat ko'rsatgan pudratchi tashkilot tomonidan R.I. xonadonidagi eshik va romlar ta'mirlandi.

Bundan tashqari, ko'p qavatli uyning erto'lasidagi suv chiqarish nasosi yangisiga almashtirildi, binoning fasad va tom qismidagi nuqsonlar bartaraf etilib, jami 10,0 mln.so'mlik qo'shimcha ishlar bajarildi, deyiladi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Farg'ona viloyati hududiy tuzilmasining xabarida.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50