Obuna bo`ling!
USD9455.24
EUR10438.58
RUB147.25
Yana marg‘ilonlik usta yasagan “super car” haqida (video)
Sep 19, 2019
190

Bir qarashda jahondagi super mashinalarga o‘xshab ketadigan bu avtomashina marg‘ilonlik mashina ishqibozi tomonidan yasalgan.

Marg‘ilonlik ustaning o‘z avtomobilidan “Ferrari”ga o‘xshash avtomashina yasagani haqida xabar bergan edik.

Аslida ham shundaymi? Ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida muxbirimiz sport-kar ustasining uyiga tashrif buyurdi.

7 yillik uzoq va mashaqqatli mehnat, turli noqulay sharoitlar – ishqibozni shashtidan qaytara olmadi. Tun-u kun izlanishlar va aniq hisob-kitoblar asosida “super car” yaratildi.

Bir qarashda jahondagi super mashinalarga o‘xshab ketadigan bu avtomashina marg‘ilonlik mashina ishqibozi tomonidan yasalgan. Uning modeli hech qaerdan ko‘chirilmagan.

Murod aka bilan ko‘rishgan vaqtimizda tasvirga olishga ham avvaliga unchalik rozi bo‘lmadi, lekin bir amallab ko‘ndirdik. Аfsuski, intervyuga aniq rad javobini oldik.

Аslida, internet olamida ancha shov-shuv bo‘lgan rasmga ham qarshi bo‘lgan ekanlar. Uning aytishicha, mashina hali ko‘z-ko‘z qiladigan darajada maromiga yetmagan.

Mashinaga to‘xtalsak, u ikki kishi uchun mo‘ljallangan. Tezlik yuqori bo‘lishi uchun dvigateli orqa tomonga o‘rnatilgan. Dizayni ham jahondagi ko‘plab “super car”lar bilan bellasha oladi.

Usmonjon Qodirov,

Muhammaddiyor Usmonov.

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50