Obuna bo`ling!
USD9526.28
EUR10329.35
RUB148.82
"O‘zbekkontsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqqa astoydil xizmat qilishga so‘z berdi
Oct 20, 2019
261

Vaqtincha litsenziyadan mahrum bo‘lgan xonandalar bundan buyon o‘z ijodlarini rivojlantirish va xalqqa astoydil xizmat qilish va’dasini berganliklari tufayli, ularga yana ijodga qaytishga imkon berildi, deya bayonot e’lon qilgan "O‘zbekkontsert" davlat muassasasi.

Muassasa, shuningdek, ilgari ayrim sabablarga ko‘ra, ta’qiqqa uchragan xonandalarga ham davlat rahbarining g‘amxo‘rligi, bag‘rikengligi, kechirimliligi bois yana erkin ijodiy faoliyat yuritishga imkon berilganini eslatib o‘tgan.

Litsenziyalar qaytarilishi munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda mana shu ishlarning yana bir namunasi sifatida, ayrim sabablarga ko‘ra, litsenziyalari vaqtincha to‘xtatilgan qator xonandalarga ijodni davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratilgani ma’lum qilingan.

Bular xonanda Abdulla Qurbonov, Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova hamda qiziqchi Halima Ibragimovalardir.

"O‘zbekiston Prezidentining san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va mehribonligi, kechirimliligi hamda e’tibori soha xodimlariga albatta bemisl kuch-g‘ayrat va shijoat baxsh etadi. Bunday e’tiborga esa asl san’at namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarish lozim", - deya tushuntirish bergan san’atkorlarga "O‘zbekkontsert".

Mavzuga oid: Shavkat Mirziyoev xonanda Ozoda Nursaidovani kechirdi

Mavzuga oid

Reklamangiz uchun ajoyib joy
+998-93-372-03-50